XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ShERLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Sher mushuksimonlar oilasida hajmi bo’yicha ikkinchi o’rinni egallaydi. Birinchi o’rin yo’lbarslarga tegishli.

2. Sherning yuragi hajmi bilan solishtirganda mushuksimonlar oilasida eng kichigi hisoblanadi.

3. Bundan bir yarim ming yil oldin sherlar Yevropada ham paydo bo’lgan. Ammo odamlar ularni qirib tashlagan.

4. Tabiatan sherlar juda dangasa bo’ladi. Qorni to’q bo’lsa, faqat jiddiy xavf tug’ilsa, yoki soyaga o’tish uchungina o’rnidan qo’zg’aladi.

5. Sherning urg’ochisi erkagiga nisbatan ko’proq ov qiladi. Ammo o’lja yirik bo’lsa, erkagi albatta ovda ishtirok etadi.

6. Sherlarning nikoh davri bir hafta davom etadi.

7. Sher irillashni ikki yoshga yetgach o’zlashtiradi.

8. Yo’lbarsdan farqli o’laroq sher asosan tunda ovga chiqadi.

9. Sher hech qachon go’shtni tishlari yordamida maydalamaydi. Butunligicha yutadi. Tishlari faqat ov paytida o’ljani bo’laklarga bo’lib tashlash uchun kerak bo’ladi.

10. Yangi tug’ilgan shervachchalarning vazni 1, 5 kilogramm atrofida bo’ladi.

11. Havo issiq paytlarda sherlar bir kecha-kunduzda 20 soatlab uxlaydi.

12. Mushuksimonlar oilasida faqat sherlargina to’da-to’da bo’lib yashash tarafdori. Ular yolg’izlikda tez o’lim topadi.

13. Sherlar to’dasining o’ljasiga hujumi uch martadan bittasidagina muvaffaqiyatli kechadi.

14. Shervachchalar ikki yoshga yetganda, to’dadan quvib solinadi. Ular endi o’zlari mustaqil yashab, oila qurishlari kerak bo’ladi.

15. Bir ovqatlanishda yoshi ulug’ sher 30 kilogrammgacha go’sht yutadi.

16. Sherlar yo’lbars bilan kamdan-kam holatlarda jinsiy munosabatga kirishadi. Mabodo shunday bo’lib chiqqanda ham tug’ilgan bolasi pushtsiz bo’lib chiqadi.

17. Sherning urg’ochisi erkagiga nisbatan ikki barobar kam vaznga ega. Erkagining vazni aksar hollarda 250 kilogrammdan oshadi.

18. Voyaga yetgunga qadar onadan tug’ilgan shervachchalarning 20 foizigina yashab keta oladi.

19. Sherning erkagi ko’pincha hudud talashish tufayli o’lim topadi.

20. Yoshi ulug’ sherning tirnog’i uzunligi 7 santimetrgacha yetadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…