XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ASAL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Agar qulay sharoit bo’lsa, asal minglab yillar saqlansa ham iste’molga yaroqsiz holatga kelmaydi.

2. Asal kuchli tabiiy konservantdir. Aleksandr Makedonskiyning jasadini aynan asal ichiga solib Gretsiyaga olib borishgan. Murda asal ichida chirish pallasiga kirmas ekan. Qadimda go’sht va baliq eskirmasligi uchun ham ularga asal surtib qo’yishgan.

3. Dunyodagi eng qimmat asal turi «Life Mel» juda kam miqdorda Isroilda yetishtiriladi.

4. To’yimlilikda asal go’shtni ortda qoldiradi. Ammo yong’oq baribir dunyodagi eng to’yimli mahsulot bo’lib qolmoqda.

5. Asalni allergik xastaliklarga uchraganlar iste’mol qilmagani ma’qul. U har qanday turdagi allergik xastalikni qo’zg’atib yuboradi.

6. Kuchli issiq asalning foydali xususiyatlarini yo’qqa chiqaradi. Shu sababli uni qaynoq choyga aralashtirib ichmagan ma’qul.

7. Bir kilo asal yig’ish uchun asalari 450 ming kilometr masofani bosib o’tishi lozim.

8. Toza asal kuchli shamollashlarga ham barham bera oladi.

9. Arxeologik qazilmalar shuni ko’rsatdiki, 15 minglar yil oldin ham odamlar asal iste’mol qilgan ekan.

10. Qadimiy Gretsiyada asal yegan odam uzoq umr ko’rishiga qattiq ishonishgan.

11. Hozir dunyoda eng ko’p asal yetishtiriladigan davlat Xitoy hisoblanadi.

12. Asalni me’yoridan ortiq iste’mol qilish tishlar to’kilishi, kasallanishiga olib keladi.

13. Asal tarkibida uch yuzdan ortiq foydali moddalar mavjud.

14. Afrikadagi asalarilar asal yig’maydi. Chunki ular dam olishi uchun bu qit’ada qish bo’lmaydi. Zahira sifatida yig’iladigan yemishning o’zi yo’q.

15. Asal oshqozon faoliyatini yaxshilaydi. Qon bosimini, gemoglabinni ko’taradi. Odamni tetiklashtiradi. Qon tomirlar devorlarini mustahkamlaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…