***
Hujjatlarini tekshirayotgan militsionerga haydovchi asabiy ohangda dedi:
— Tezroq bo’lsangiz-chi, hamkasblaringiz orqamdan quvlab kelishyapti!
***
Itni kechqurun mashinani qo’riqlash uchun garajga qamab qo’yishdi.
Ertalab kelib qarashsa, garaj devorida shunday yozuv turibdi:
— Itda ayb yo’q. It vovilladi!
***
Gruzin hayvonot bog’ida kechgacha gorillaning qafasi atrofida aylanib yurdi. Qorong’i tushgach, sekin gorilladan so’radi:
— Vano, senmisan?
***
Amerika turmasiga yangi mahbuslarni olib kelishgach, ular bir-birlari bilan tanisha boshlashdi.
— Seni nega qamashdi?
— Men Merga qarshi chiqqandim.
— Seni-chi?
— Men ham Merga qarshi chiqqandim. O’zingni-chi?
— Men o’sha merman.
***
Ruhoniy yosh boladan so’radi:
— Sen ovqat yeyishdan avval ibodat qilasanmi?
— Yo’q, mening oyim mazali ovqat tayyorlaydi.
***
Kadrlar bo’limida.
— Oxirgi ish joyingizda qancha ishlagansiz?
— O’n ikki yil.
— Nima uchun u yerdan bo’shab ketdingiz?
— Qamoq muddatim tugagandi.
***
Ikki kotiba boshliqlarini muhokama qilishyapti.
— Xo’sh, sening boshlig’ing qalay?
— Zo’r. Bir oy avval shuba sovg’a qilgandi. Keyin brilliant uzuk taqdim etdi. Yaqinda… Ishonasanmi, qo’limni so’radi.
— Voy yaramas-ey, pulni tejashni boshlabdi-da!
***
Ona maktabda o’qiydigan qiziga dedi:
— Bo’yanishni bas qil! Yaxshisi, kitob o’qi. Senga qanday kitob olib beray?
— “Farzandning huquqlari” degan kitob olib bering!
***
Yigit:
— Senga o’zim qo’ng’iroq qilaman. Telefon raqamingni aytib yubor!
Qiz: — Telefon kitobchasidan qidirib ko’ring!
Yigit: — Axir, ismi-sharifingni bilmayman-ku!
Qiz: — Ismi-sharifim ham o’sha yerda yozilgan.
***
Erkak poezdda ketyapti. Qo’lida uch nafar chaqaloq. Kupedosh ayol so’radi:
— Hammasi sizning bolalaringizmi?
— Yo’q, men homiladorlikdan himoya qiluvchi vositalar ishlab chiqaradigan fabrikada ishlayman. Bular jabrdiyda mijozlarimizning shikoyatlari.
***
Qizaloq onasiga dedi:
— Oyi, toshbaqam o’lib qoldi!
— Hechqisi yo’q, qizim. Biz uni hozir qutichaga joylab ko’mamiz. Keyin tort sotib olib o’rtoqlaringni chaqiramiz-da, toshbaqani xotirlaymiz.
Shu payt toshbaqa sekin qafasdan boshini chiqarib qaradi.
— Qizim, tirik ekan-ku toshbaqang!
— Oyi, keling, bo’g’ib o’ldirib qo’ya qolaylik!
***
Soat tungi uch. Er-xotin uxlashardi. Eshik taqillab qoldi. Er borish eshikni ochsa, ostonada mast erkak turibdi.
— Yur, oshna, meni turtib yubor!
— Jinni bo’lganmisan? Yarim kechasi-ya? Bor, yo’lingdan qolma!
Er sekin kelib o’rniga yotgandi, xotini so’radi:
— Kim ekan?
— E, bir mast “Yur, meni turtib yubor”deyapti. Haydab yubordim.
— Ie, siz kechasi mashinangizda begona yerda qolib ketsangiz, boshqalar yordam berishadi-ku! Boring, turtib yubora qoling!
Er tashqariga chiqib erkakni chaqira boshladi:
— Hoy, qaerdasan? Turtib yuborishga chiqdim. Qani mashinang o’zi?
— Men bu yerdaman! Halinchakda o’tiribman!
loading…