ChUMChUQ HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. O’zbekistonda bu qushning ikki turi mavjud. Ularning biri qor chumchug’i, ikkinchisi uy chumchug’i. Qor chumchug’i faqat qishda uchib keladi.
2. Yoshi ulug’ chumchuqning vazni 30 grammdan oshmaydi.
3. Yer yuzida taxminan 1 milliardga yaqin chumchuq yashaydi.
4. Chumchuq ham xuddi hakka kabi turli mayda buyumlarni o’g’irlashga odatlangan.
5. Agar hayoti xavf ostida qolmasa, chumchuqlar o’rtacha 10 yil umr ko’radi.
6. Parvoz paytida chumchuqning yuragi daqiqasiga 1000 martagacha uradi.
7. Chumchuq odamlar orasida yashay boshlaganiga 10 000 yildan oshgan.
8. Boshqa qushlar kabi chumchuqlar parvozda uzoq vaqt qola olmaydi. Nari borsa 15-20 daqiqa uchgach, charchab yerga qo’nadi.
9. Kabutarlar kabi chumchuqlar ham o’zi uchun juftni bir umrga tanlaydi.
10. Ochlikda chumchuq ikki kundan ortiq yashay olmaydi.
11. Chumchuqning panjalari yurishga emas, sakrab-sakrab harakatlanishga moslashgan.
12. Chumchuq yiliga 2-3 marta tuxum qo’yadi.
13. Chumchuq bolasi tug’ilgach, oradan 10 kun o’tib parvoz qila boshlaydi.
14. Chumchuq o’ta qo’rqoq qush. U qattiq qo’rqib ketsa, yuragi yorilib o’ladi.
15. Chumchuqning go’shti kaloriyaga shu qadar boyki, gipertoniklar, yuragi xastalarga uning go’shtini yeyish tavsiya etilmaydi. Ammo qon bosimi, gemoglabini past odamlar aksincha chumchuq go’shtini tez-tez iste’mol qilishlari kerak. Chumchuqning go’shti tanaga bitmas-tuganmas quvvat bag’ishlaydi. Tushib ketgan gemoglabin katta tezlikda ko’tariladi, immunitet mustahkam tortadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…