XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

MISR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Misr ikkita qit’ada joylashgan davlatlardan biri. Bu mamlakatning asosiy qismi Afrikada, qolgan qismlari esa Osiyoda joylashgan.

2. Misrdagi Qizil dengiz dunyoda eng suvi iliq dengiz hisoblanadi.

3. Qohirada qozoq shoiri Abay Kunanbayev nomi berilgan ko’cha bor.

4. Misrdagi jami yer maydonining 95 foizi sahrolardan iborat.

5. Yoz oylarida Misrda havo harorati +50 darajaga yetadi. Qish kechalarida esa havo -50 darajagacha sovib ketadi.

6. Misrda tomsiz uylarni ko’p uchratish mumkin. Aytishlaricha, davlat hali qurib bitirilmagan uy uchun soliq olmas ekan. Shu sababli fuqarolar atayin uy tomini yopishmas ekan.

7. Kosmetika bu davlatda nafaqat ayollar, balki erkaklar orasida ham juda mashhur. Yo’q, erkaklar bo’yanmaydi. Ular kosmetikadan quyosh tig’ida yuzlari kuyib ketmasligi uchun foydalanishadi.

8. Misrda hanuz ko’p xotinlilikka rasman ruxsat beriladi.

9. Davlat qonunlari Misr ayollariga, qizlariga xorijlik erkakka turmushga chiqishni taqiqlaydi.

10. Misrdagi avtobuslarning eshigi yo’q.

11. Misrliklar nima sotib olishidan qat’i nazar sotuvchi bilan albatta savdolashadi. Savdolashmay aytilgan pulni berib ketadiganlarni yoqtirishmaydi.

12. Misr aholisining aksariyat qismi har kuni go’sht yeyish imkoniga ega emas. Ular faqat bayramlardagina go’sht sotib olishadi.

 

QADIMIY MISR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Qadimiy misrliklar piramidalar bunyod etgan mahal yer yuzida mamontlar bor edi. Ular 4 ming yillar burun qirilib ketgan. Qadimiy Misr podsholigi esa bundan 6 ming yil oldin tashkil etilgan.

2. Qadimiy Misrda bolalar to o’smir yoshiga yetguncha qip-yalang’och yurgan. Bit tushmasligi uchun sochlarini ham qirib tashlashgan. Nomigagina bitta kokil qoldirishgan xolos.

3. Qadimiy Misrda ayollar erkaklar bilan baravar huquqqa ega bo’lgan.

4. Nikoh shartnomasi aynan Qadimiy Misrda o’ylab topilgan. Shunga ko’ra ajrashayotgan er-xotin mol-mulkni bo’lishib olgan.

5. Qadimiy Misrda yostiq ichini qush pati emas, mayda toshlar bilan to’ldirishgan.

6. Qadimiy Misrning mashhur kishilari o’zgalardan sochlarini berkitib yurgan. Bu o’sha davrda boylar, mashhurlar uchun urf hisoblangan.

7. Qadimiy Misr hukmdorlari asosan o’z aka va singillari bilan nikohdan o’tgan. Shu yo’l bilan taxtga da’vogarlar kamayishini ta’minlashgan.

8. Qadimiy Misr erkaklari yozda albatta yubkada yurgan.

9. Dunyodagi ilk politsiyachilar xuddi shu Qadimiy Misrda paydo bo’lgan.

10. Velosipedning spitsali g’ildiraklarini ham Qadimiy Misrliklar yaratgan.

11. Nikoh uzugini nomsiz barmoqqa taqish odati dunyoda birinchilardan bo’lib Qadimiy Misrda o’ylab topilgan.

12. Qadimiy Misrliklar aloqachi sifatida kabutarlardan unumli foydalanishgan.

13. Qadimiy Misrliklar hech qachon tug’ilgan kunini bayram qilmagan.

14. Qadimiy Misrda tibbiyot, ayniqsa, jarrohlik juda taraqqiy etgan.

15. Aytishlaricha, pivoni ham aslida qadimiy misrliklar o’ylab topgan ekan.

16. Qadimiy Misrliklar dunyoda birinchilardan bo’lib beton, poshnali tufli, taroq, sovun va tish tozalash kukuni yaratishgan.

17. Qadimiy Misr firavnlaridan biri Ramzes II 90 yil umr ko’rgan. 70 yil davlatni boshqargan va hayoti davomida yuzdan ortiq farzand ko’rgan.

18. Qadimiy Misrni eng uzoq vaqt boshqargan firavn Pepi II hisoblanadi. U 88 yil taxtda o’tirgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…