KUNGABOQAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Kungaboqar doni (pista) tarkibida katta miqdorda kalsiy, proteinlar mavjud.
2. Kungaboqar yog’i dunyo aholisining eng sevimli mahsuloti hisoblansa-da, eng arzon yog’ sanaladi.
3. Kungaboqarning qasqoni havo aynib turgan bo’lsa ham quyoshning qay tarafda ekanini amalda ko’rsatib turadi.
4. Kungaboqar donida mis ham ko’p. Bir gektar yerga ekilgan kungaboqar 50 kilogramm mis berishi mumkin.
5. Kungaboqarni yo quyosh chiqqunga qadar, yoki kun botgandan keyin ekish talab etiladi. Shunda hosili mo’l bo’larkan.
6. Kungaboqar pistasi tarkibida xolesterin yo’qligi sababli ham inson yuragi uchun juda foydali. Bundan tashqari, uning tarkibida temir moddasi ham ko’p. Demak, u gemoglabinni ko’taradi, yurakka qo’shimcha quvvat beradi. U «V», «E» vitaminlariga boy.
7. Kungaboqar pistasidagi fitosterollar immunitetni ko’taradi, saraton xavfini kamaytiradi, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, yurak xurujining oldini oladi.
8. Kungaboqarning fandagi nomi yunonchadan tarjima qilinganda, quyosh guli ma’nosini beradi.
9. Kungaboqarning har bir qasqonida 1000-2000 ta atrofida don bo’ladi.
10. Kungaboqarni bug’doydan ham oldin yetishtira boshlashgan.
11. Kungaboqar eramizdan avvalgi 3000 yil o’rtalarida Shimoliy Amerikada ekila boshlangan. O’sha davrlarda undan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, bo’yoq va yog’ ishlab chiqarishda keng foydalanishgan.
12. Eng uzun kungaboqar poyasi 2014 yili Germaniyada aniqlangan. Uning bo’yi 8 metrga teng bo’lgan.
13. Kungaboqarning yaproqlari qizil, qora, jigarrang turi ham bor.
14. Kungaboqar yerni turli zaharli moddalardan tozalashda tengsizdir. Shu sababli undan Chernobыl hamda Fukusima atom elektr stansiyalari portlashidan keyin yerni tozalash uchun birinchi navbatda foydalanishgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…