AQShning Pensilvaniya shtatida o’tinda yurishga mo’ljallangan «Dodge Dakota» avtomobili sotuvga qo’yildi. Gazogeneratorli qurilma an’anaviy benzin divigatelini to’ldirib turadi, shu sababli mashina oddiy yoqilg’ida ham harakatlana oladi. «Dodge» egasi ushbu noodatiy mashina uchun 3500 dollar so’ramoqda, deb xabar beradi Motor’ga asoslanib daryo.uz.
Gaz generatorli «Dodge» egasi yirik shaharlardan uzoqda yashaydi, shu sababli unda qattiq yonilg’i (o’tin)ga nisbatan taqchillik bo’lmagan. O’tinda harakatlanadigan motor yoqilg’i bakining muqobil qo’shimchasiga aylangan, chunki avtomobilga 5,2 litrli V8 karbyurator dvigateli o’rnatilgan.
«Dodge» egasi 100 kilometr masofa uchun mashina qancha o’tin yoqishi kerakligi haqida ma’lumot bermagan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida gaz generatorli sovet yuk mashinalari 100 kilometrga 30-35 kilogramm o’tin yoqqan — zamonaviy avtomobil bundan 3-4 barobarga tejamkor bo’lishi mumkin.
Mazkur «Dodge» Pensilvaniyada 1995 yili ishlab chiqarilgan boshqa «Dakota» avtomobillaridan farq qilmaydi. U 25 yil davomida 158 ming kilometr masofa bosgan, texnik muammolari yo’q, kuzov holati yaxshi.
loading…