KAKKU HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Kakku o’zi uchun hech qachon in qurmaydi. O’zga qushlar iniga tuxum qo’yadi.
2. U daraxt shoxida qanotlarini tushirgan va dumini ko’targan holda, tanasi gorizontal tarzda o’tiradi.
3. Kakkuning uzunligi 32-34 sm, qanotlari yoyilgan holda 55-65 sm, vazni esa 80-190 grammni tashkil etadi.
4. Yilning asosiy qismini kakku begona ko’zlardan berkingan va sukut saqlagan holda o’tkazadi. Bahor va yozning dastlabki kunlarida urg’ochi kakkular shovqin ko’tarishga tushadi. Ammo bu shovqinni erkagidan boshqa hech kim eshitmaydi.
5. Faqat erkak kakkulargina ku-kulaydi. Shunda ham urg’ochisini nikoh mavsumiga chaqirganda tovush chiqaradi.
6. Afrikaning tropik o’rmonlarida yashovchi kakkular o’zi uchun albatta in quradi.
7. Yoshi ulug’ kakku bir soatda 100 tadan ziyod qumursqani yeb bitiradi.
8. Urg’ochi kakku bir mavsumda 25 tagacha tuxum qo’yadi. Ammo ularning 5-6 tasigina yashab qoladi.
9. Endigina tuxumdan chiqqan, hali ko’zi ochilmagan, kar kakku poloponi o’zga qush inidagi tuxumlarni onasi tashlagan tuxumlarga almashtirib qo’ya oladi. O’zga qushning tuxumlarini u indan pastga tashlab yuboradi.
10. Kakkuga chayonning zahri umuman ta’sir o’tkazmaydi.
11. Kakku qishni Afrikada o’tkazadi. Ketishdan oldin u imkon doirasida vaznini oshirib oladi. Yo’l qurmag’ur olis-da.
12. Kakku to’xtamasdan, dam olmasdan 3600 kilometr yo’lni bosib o’ta oladi.
13. Yovvoyi tabiat qo’ynida kakku nari borsa 10 yil umr ko’radi.
14. Birinchi aprel butun dunyoda kulgi kuni deb atalgan-a? Shotlandiyada esa bu kunni «Kakku kuni» deb atashadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…