XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

MAKKAJO’XORI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Makkajo’xori bundan 12 ming yil oldin yetishtirila boshlangan.

2. Makkajo’xorining vatani Shimoliy Amerika hisoblanadi.

3. Qadimdan makkajo’xori meksikalik va hindularning asosiy ovqati bo’lgan.

4. Makkajo’xori Mendeleev jadvalining 26 ta elementini o’zida mujassam etgan. U hatto tuzlangan holda ham xususiyatlarini yo’qotmaydi.

5. Makkajo’xori odam organizmiga talab qilgan foydali moddalarni bera oladi. Shu sababli faqat makkajo’xori bilan oziqlanganlar hamisha o’zini yaxshi his etadi.

6. Meksikaliklar hozir ham yiliga 90 kilogrammdan makkajo’xori iste’mol qiladi.

7. Ayni paytda dunyoda makkajo’xorining 1000 tadan ortiq navi mavjud.

8. Biz makkajo’xori donini sariq rangda ko’rishga o’rganganmiz. Aslida oq, qizil, siyohrang, qora donli makkajo’xori ham yo’q emas.

9. Makkajo’xorining bitta so’tasida o’rtacha 1000 tadan don bo’ladi. Shunisi qiziqki, bu donlar hech qachon toq bo’lmaydi.

10. Bitta makkajo’xori poyasida 8 tadan 12 tagacha barg bor.

11. Makkajo’xori bolalar to’laqonli sog’lom o’sishi uchun zarur bo’lgan barcha mikroelementlarga ega. Uning tarkibida kalsiy, magniy, kaliy va temir moddasi ham ko’pchilikni tashkil etadi. Qolaversa, u kattalar uchun ham foydali. Kattalar organizmini kerakli vitaminlar bilan ta’minlabgina qolmay, qondagi xolesterin miqdorini ham me’yorda ushlab turadi.

12. Makkajo’xorini doimiy ravishda iste’mol qilinsa, organizm qarishi sezilarli tarzda sekinlashadi.

13. U me’yorida iste’mol qilinganda, allergik xastaliklarni ham yo’q qilish xususiyatiga ega.

14. Makkajo’xorining «soqol»i ham vitaminga boy.

15. Makkajo’xorining turli qismlaridan dori, plastik, kley kabilarni ishlab chiqarishda foydalaniladi.

16. Makkajo’xori shakarga boy. 3-4 chelak yangi uzilgan makkajo’xori 400 banka koka-kolani shakar bilan ta’minlashga yetadi. Agar yangi uzilgan makkajo’xori 5-6 soat davomida turib qolsa, tarkibidagi shakarning yarmini yo’qotadi.

17. Doimiy tarzda me’yorida iste’mol qilingan makkajo’xori bizni saraton, yurak xastaliklari va semirib ketishdan asraydi. Makkajo’xoridan tayyorlangan damlama esa jigar xastaliklariga qarshi kurashda asqotadi.

18. U qandli diabet, markaziy asab tizimi va mushaklar distrofiyasiga qarshi shafqatsizlarcha kurashadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…