Odamlar ko’chalarda deyarli to’planmay qo’ydi, mashinalar harakati kamaydi — borgan sari kamroq odam uydan tashqariga chiqmoqda yoki shaharlararo kamroq harakatlanyapti. Karantin vaqti butun sayyorada har doimgidan ko’ra tinchlik hukm surmoqda va buni hatto seysmograflar ham payqadi, deb xabar beradi Hi-Tech-Mail.ru’ga asoslanib daryo.uz.
Mutaxassislar Yerdagi seysmik shovqin pasayganini qayd etgan. Avtomobillar, poezdlar, avtobus va odamlar vibratsiyasi sayyoraga kamroq ta’sir ko’rsata boshlagan.
Belgiya qirollik observatoriyasi mart oyining o’rtalarida — maktab va korxonalar yopila boshlaganida shovqin darajasi 30—50 foizga kamayganini ta’kidlagan. Bu turdagi ko’rsatkichlar yilda faqat bir marotaba — Rojdestvo bayramida kuzatiladi.
Insonning Yerga ta’siri kamaygani olimlarga yordam bermoqda. Endilikda sayyorada payqash qiyin bo’lgan yer osti silkinishlari va boshqa seysmik faolliklarni ham kuzatish osonlashgan.
Dunyoning turli nuqtalarida joylashgan shaharlarda ham xuddi shu kabi jarayon kuzatilgan. Masalan, London va Los-Anjelesdagi seysmologlar ham vibratsiya kamayganini qayd etgan.
loading…