XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

JONIVORLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Xameleon bir vaqtning o’zida ko’zlari bilan to’rt tarafini ham ko’ra oladi.

2. Filning tishi 9 kilogrammgacha vaznga ega.

3. Sut emizuvchi jonivorlar qoni qizil, qumursqalar qoni sariq bo’ladi.

4. Chumoli hech qachon uxlamaydi. Buning o’rniga u bir kunda 90 daqiqa dam oladi.

5. Bassenji dunyoda hurishni bilmaydigan yagona it zotidir.

6. Burga faqat sakragan holda harakatlana oladi. Chunki uning panjalari xuddi rogatka ko’rinishida. Ular o’zida kuch to’playdi-da, burgani istagan tomoniga sakratishadi.

7. Kalmarning ko’zi basketbol to’pi hajmiga teng.

8. Oqqushning tanasida jami 25 mingta pat zohir bo’ladi.

9. Ilon olamni qovoqlari orqali ko’radi.

10. Agar kalamushni qitiqlasangiz, xuddi odamga o’xshab xoxolab kula boshlaydi.

11. Dengiz mushuklari suv ostida nafas olmasdan 2 soatgacha tura oladi.

12. Otlarning xotirasi juda kuchli. Ular bir marta ko’rgan joyni, odamni bir umrga eslab qoladi.

13. Timsoh tilini chiqara olmaydi.

14. Maymun-o’rgimchaklar uchrashib qolsa, bir-birini quchoqlagan holda salomlashadi.

15. Oq ayiqlar chapaqay bo’ladi.

16. Tilla baliq faqat yuz bergan voqea-hodisani, borliqni uch soniyagina yodda saqlab tura oladi. Keyin unutadi.

17. Meduza o’lgandan keyin ham o’zgalarga ziyon yetkazishi mumkin.

18. Shilimshiq uch yil qimirlamasdan uxlashi mumkin.

19. Tuyaqushning ko’zlari miyasidan kattaroq bo’ladi.

20. Bo’ri bir o’tirishda 20 kilogramm go’shtni ko’rdim demaydi.

21. Kapalak yemishni oyoqchalari bilan tatib ko’radi.

22. Burgut soatiga 250 kilometr tezlikda uchadi.

23. «O’qotar» deb nomlangan qurbaqaning bir tomchi zahari 2200 kishini birdan o’ldirish quvvatiga ega.

24. Sher to 2 yoshga yetguncha irillay olmaydi.

25. Pingvin erkagi urg’ochining qo’lini so’raganda, unga tosh hadya etadi. Agar urg’ochi rozilik bildirsa, toshni iniga berkitib qo’yadi.

26. Yangi tug’ilgan fil bolasi 100 kilogramm vaznga ega bo’ladi.

27. Imperator pingvinlari 500 metr chuqurlikkacha kovlab tushib, 18 daqiqagacha nafas olmasdan o’tira oladi.

28. Ko’k kitning vazni uchta fil vazniga teng.

29. Chiyabo’ri bolalarini faqat yer ostida dunyoga keltiradi.

30. Ninachi ham oldinga, ham orqaga, ham yonga qarab ucha oladi. Bir parvoz qilganda, 100 kilometrgacha to’xtamay yo’l bosadi.

31. «Tarantul» o’rgimchagi ikki yilgacha ovqatsiz yashay oladi.

32. Irlandiya, Islandiya, Grenlandiya va Antarktidada umuman ilon yo’q.

33. Chayon qorong’ilikda o’zidan nur taratadi.

34. Yaponiyada yashovchi makaki maymunlari savdo avtomatlaridan mustaqil tarzda buyum sotib ola biladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…