BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

 

* * *

 

Yosh dramaturg teatr direktoridan so’radi:

— Mening yangi pyesam sizga ma’qul bo’ldimi?

— Yomon emas. Ammo menga qolsa, qahramoningizni zahar bilan emas, quroldan o’q otib o’ldirgan bo’lardim.

— Nega?

— Tomoshabinlarni uyqudan uyg’otish uchun.

 

* * *

 

Ruhoniy rassomni urisha ketdi:

— Bu nima qilganingiz? Farishtaning botinkada yurganini qaerda ko’rgansiz?

— Siz botinkasiz yurganini qaerda ko’rgansiz?

 

* * *

 

Ikki do’st uzoq yillardan so’ng uchrashib qolishdi.

— Hozir nima ishlar bilan bandsan?

— Yozuvchi bo’ldim.

— Ie, zo’r-ku!.. Bironta yozgan asaringni sotdingmi? Boyib ketgandirsan?

— Yo’q, faqat qo’l soatim, radio va televizorimni sotdim.

 

* * *

 

Muxbir kinoyulduzdan so’radi:

— Oltinchi eringiz bilan qaerda tanishgansiz?

— Ovda. U beshinchi erimni otib o’ldirgach.

 

* * *

 

Yosh aktyor uyga kelib nihoyat komediyada birinchi rolga taklif etilganini otasiga ma’lum qildi:

— Men oila boshlig’i rolini o’ynarkanman.

Bu gapni eshitgan ota dedi:

— Hechqisi yo’q, qayg’urma. Bir kun kelib sengayam gapiradigan rol berib qolishar…

 

* * *

 

— Qiziq, fotoatelyengizdagi manavi osib qo’yilgan suratlar egalari nuqul kulib tushishgan. Nega?

— Siz suratkashimizni bir ko’rganingizda, o’zingiz ham shularga o’xshab kulgan bo’lardingiz.

 

* * *

 

O’g’ri tovuqni o’g’irlab terisini shila boshladi. Qarasa, militsioner kelyapti. Tovuqni darhol suvga tashladi.

— Joyingdan jilma! — qichqirdi militsioner. — Hozirgina tovuq o’g’irlading!

— Bu mening tovug’im. Cho’milishga tushib ketdi. Ketayotib kiyimlariga qarab turishimni iltimos qildi, xolos.

 

* * *

 

Ovchini bosqinchilar talab ketishdi. Undan mahalladoshlar so’rashdi:

— O’zingni himoya qila olmadingmi? Axir, ovchisan!

— Iloji bo’lmadi. Bir qo’limda pichoq, ikkinchi qo’limda qurol ushlab turgandim.

 

* * *

 

Sudya:

— Nega bir million so’m pul o’g’irladingiz?

Sudlanuvchi:

— Qornim och edi.

 

* * *

 

Xotin oynadan tashqariga qarab turib eriga dedi:

— O’rganing, odamlar qanday baxtli yashashadi!.. Eri xotiniga qurigan kirlarni dordan yig’ib olishda yordamlashyapti.

Er ham tashqariga qaradi-yu, dedi:

— Ahmoq! Axir, bu kirlar bizniki-ku!

 

loading…