NO’XAT HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. No’xat tarkibida kletchatkalar ko’p. Ular organizmdan turli zaharli moddalarni haydab chiqarish uchun xizmat qiladi.
2. Dunyo bo’yicha no’xatning 7 ta turi bor.
3. No’xatni dastlab bundan bir necha ming yillar avval Qadimiy Hindistonda yetishtira boshlashgan.
4. Doimiy tarzda no’xat iste’mol qilinsa, qon tomirlarda qon qotib qolish holatlari (tromb) bo’lmaydi.
5. No’xat organizmdan zardobni siqib chiqarishda ham alohida ahamiyatga ega.
6. No’xat tarkibida oqsillar ham ko’pchilikni tashkil etadi.
7. Dunyoda har yili 15 mln tonnadan ko’proq no’xat yetishtiriladi.
8. AQShning uchinchi prezidenti Tomas Jefferson o’zining dala hovlisida no’xatning 30 dan ortiq navini yetishtirgan.
9. No’xatdan tayyorlangan kolbasa XIX va XX asrlarda nemis askarlarining eng sevimli taomi hisoblangan.
10. Qadimiy Xitoyda no’xat boylik timsoli sifatida qadrlangan.
11. No’xat kraxmalidan dunyoda bioplastmassalar ishlab chiqariladi.
12. No’xat ajoyib o’g’it ishlab chiqaruvchi o’simlik hamdir. Uni yig’ishtirib olishgach, yerning har bir kvadrat metrida 100 grammdan azot qolib ketadi.
13. 1984 yili Angliyada kim qisqa vaqt ichida ko’p no’xat yeyish bo’yicha musobaqa o’tkazilgan. Unda Janet Xarris ismli ishtirokchi 1 soatda roppa-rosa 7175 dona no’xat yeb g’olib bo’lgan.
14. No’xat kaloriyaga juda boy. Shuning uchun uni ko’p yeb bo’lmaydi. Ko’p yeb qo’ygan odamning oshqozoni xastalanishi hech gap emas.
15. No’xatning yana bir jihati borki, u odamni uzoq vaqt to’q tutadi.
16. No’xat gemoglabinni ko’taradi, yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi va miyani charxlaydi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…