ChAYKA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Bu qushlar boshqa qushlarning tuxumlarini o’g’irab yeydi.
2. Agar bir chayka tuxum bosib o’tirgan bo’lsa-yu, yaqin atrofda jiddiy xavf tug’ilsa, to’dasi osmonga ko’tarilib, xavf solgan qushni o’rab oladi va uning ustiga hojat chiqaradi.
3. Chaykalar inini faqat iqlimda jiddiy o’zgarish ko’zga tashlansa-da, almashtiradi.
4. Dengiz chaykalaridan tortib maydalarigacha to’da-to’da bo’lib yashaydi. To’da esa o’n minglab chaykalardan iborat bo’ladi.
5. Bu qush turining eng jajji turini mayda chayka deb atashadi. Uning vazni 100-150 gramm atrofida bo’ladi. Eng yirigi esa dengiz chaykasi. Uning vazni o’rtacha 2 kilogrammga teng.
6. Amerika kumushrang chaykalari juda tajovuzkor. Ular to’dalashgan holda hatto odamlarga ham hujum qilib turadi. Shu yo’l bilan ular o’z hududini begonalardan himoya qiladi.
7. Chaykalar kerak bo’lganda kannibalizm bilan ham shug’ullanadi. Ya’ni, begona chayka turini o’ldirib go’shtini to’dasi bilan bo’lishib yeydi.
8. Urg’ochi chayka 2-3 ta tuxum qo’yadi. Tuxum bosishda erkagi ham yaqindan yordam beradi. Basharti tuxumlaridan birini yoki hammasini boshqa qarindoshlar o’marib ketsa, urg’ochi shu zahoti yangisini tug’adi.
9. Bu qushlar havoda uzoq vaqt parvoz qilishda tengsizdir. Osmon-u falakda turli muqomlar, raqslar ijro etishga ham usta.
10. Ular kamdan-kam hollarda bo’lsa-da, yerda juda tez yugura oladi.
11. Chayka istalgan narsadan o’zi uchun in yasay oladi.
12. Parvoz davomida dengiz chaykasi soatiga 110 kilometr tezlikda harakatlanadi. O’rtacha 20-23 yil umr ko’radi.
13. Qorni och chayka kerak bo’lsa odamlar gavjum yerga uchib kelib ulardan yegulik so’raydi. Bir so’z bilan aytganda, ular qo’rquv neligini bilmaydi.
14. Dunyoda chaykalarning 100 dan ziyod turi mavjud.
15. Barcha chaykalar kunduzgi hayot tarzini kechiradi.
16. Chayka bir yilda ikki marta pat tashlaydi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…