LIMON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Tarixiy ma’lumotlarda yozilishicha, limon taxminan 12- asrda paydo bo’lgan ekan.
2. Limonning vatani Xitoy, Hindiston va Tinch okeani orollari hisoblanadi.
3. Dunyo bo’yicha yiliga 14 million tonna limon hosili olinadi.
4. Bitta limon daraxtidan bir mavsumda o’rtacha 300-350 dona meva olinadi.
5. Limon daraxti 40 yildan ortiq yashamaydi. Bo’yi esa 5-7 metrgacha yetadi.
6. Pishib yetilgan limon umumiy vaznining 3, 5 foizi shakardan iborat bo’ladi.
7. Sobiq sovetlar davrida limonad ichimligi mavjud edi. Uni barcha sevardi. O’shanda haqiqatan bu ichimlikni limondan tayyorlashardi.
8. Limonning tuz aralashtirilgan sharbati zanglagan metallarni zangdan tozalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
9. Bitta limonda yoshi ulug’ odam uchun bir kunlik «S» vitamini bor.
10. O’rta asrlarda limon ilon zahriga va o’latga qarshi kuchli dori sifatida qadrlangan.
11. Limonni muzlatkichda bir yarim oy davomida saqlash mumkin.
12. Limon tarkibida shunday moddalar borki, ular organizmdagi zaharli moddalarni siqib chiqaradi va odamga ozishda ham katta yordam bera oladi.
13. Limonda A, V va R vitaminlari ham ko’pchilikni tashkil etadi.
14. Qadimda odamlar suvga limon sharbatini aralashtirib, undan dezinfeksiya maqsadlarida unumli foydalangan.
15. Ayollar limonli vanna qabul qilsa, tirnoqlari mustahkam tortarkan.
16. Limondan efir moyini ham tayyorlashadi. Lekin bir kilo efir moyi tayyorlash uchun 3 ming dona limon zarur bo’ladi.
17. Hindistonliklar marinovka qilingan limonni xush ko’rib iste’mol qilishadi.
18. Ispaniyada limon javobsiz muhabbat timsoli hisoblanadi.
19. Agar taomingiz sho’r bo’lsa, limonni siqib suvini ovqatga aralashtirsangiz, sho’r shu zahoti g’oyib bo’ladi.
20. Ilgari limonni siqib, suvini qaynatishgan. Undan juda quyuq, deyarli qora suyuqlik olingan. Uni matolarni bo’yash maqsadlarida ishlatishgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…