DONJUANNING KUNDALIGIDAN
***
To’ygacha erkak va ayol bir-birlariga «Menga faqat sen yoqasan» deyishsa, to’ydan so’ng «Sen faqat menga yoqasan» deyishadi.
* * *
Sevsang, shunday ayolni sevginki, xotining tutib olganda ko’rsatishga odam uyalmaydigan bo’lsin.
* * *
Erkak o’zini yomon his qila boshlasa, ayol qidirishga tusharkan. O’zini yaxshi his qila boshlaganda esa yana bir boshqa ayolni qidirib qolarkan.
* * *
Shkafga o’zi shkafga o’xshaydigan jazman hech qachon yashirinmaydi.
* * *
Erkakning baxtli bo’lishi uchun ayol kerak. To’liq baxt uchun esa, to’la ayol kerak.
* * *
Xo’sh, yolg’iz erkak uylangan erkakdan qanday farqlanadi. Men sizga aytaman. yolg’iz erkak uydagi ishlarning barchasini o’zi bajaradi. Uylangan erkakni esa, shu ishlarni bajarishga xotini majburlaydi.
* * *
Donjuanning qadah so’zi:
— Xudoyo Xudovando, oxirgisi bo’lmasin!
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…