XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

SMORODINA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Sayyoramizda smorodinaning 190 ga yaqin turi mavjud.

2. Mo’l hosil olish uchun smorodina 10-15 ta novdadan iborat bo’lishi kerak.

3. Qora smorodina tarkibida efir moyi borligi sababli qiziliga nisbatan shirinroq bo’ladi.

4. Smorodinaning yaproqlarini go’sht va baliqli taomlarga qo’shimcha maza berish uchun qo’shishadi.

5. Dunyoda smorodina yetishtirish bo’yicha Rossiya yetakchi hisoblanadi.

6. Smorodinaning mingta urug’ini yig’sangiz, ular vazni 0, 9 dan 1, 8 grammgachani tashkil etadi.

7. Bir kilogramm smorodinada 714 mingtaga yaqin urug’ bo’ladi.

8. Ob-havo ko’tarsa, bir gektar maydonga ekilgan smorodinadan 1850 kilogramm hosil olsa bo’ladi.

9. Smorodinaning Rossiyadagi navlari -50 darajagacha sovuqni ko’tara oladi.

10. U dezinfeksiya maqsadlarida ishlatilsa ham foydadan xoli bo’lmaydi.

11. Qora smorodina «S» vitaminga boy.

12. Smorodina qaynatilganda, o’zidagi foydali xususiyatlarning aksariyat qismini yo’qotadi. Shuning uchun undan murabbo va boshqalarni tayyorlamasdan shundayligicha iste’mol qilgan ma’qul.

13. Smorodinaning quritilgan barglari dizenteriyada antibiotik vazifasini bajaradi.

14. U shamollash, gastrit, avitaminoz, yurak xastaliklariga qarshi keskin kurashadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…