XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

OShQOVOQ HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Dunyodagi eng yirik oshqovoq Belgiyada yetishtirilgan. Oshqovoqning vazni 1190 kilogrammga teng bo’lgan.

2. Yer yuzida oshqovoqning 800 ta navi mavjud. Lekin ularning chorak qismigina iste’molga yaroqli.

3. Oshqovoq yer yuzida 7000 yil oldin paydo bo’lgan.

4. Oshqovoqning vatani Meksika hisoblanadi.

5. Oshqovoq tarkibidagi «A» va «E» vitaminlari organizm qarishini sekinlashtirish uchun xizmat qiladi.

6. «T» vitamini esa og’ir ovqatlar yeganda ularning hazm bo’lishini osonlashtiradi.

7. Oshqovoq tarkibida temir moddasi ko’pchilikni tashkil etadi. Demak, gemoglabinni ko’tarishda ham bu tabiat in’omi qo’l keladi.

8. Oshqovoq yog’ini tayyorlash uchun 30-40 ta oshqovoq kerak bo’ladi.

9. Germaniyaning Lyudvigsburg shahrida har yili kuzda oshqovoq festivali o’tkaziladi.

10. Qadimda tabiblar oshqovoq ilon chaqqanda dori vazifasini o’taydi deb hisoblashgan. Ammo aslida bunday emas.

11. Oshqovoq sharbatini uyqu dori sifatida ichsa bo’ladi.

12. Oshqovoq mag’izi organizmdagi gijjani haydashda tengsizdir.

13. Yangi uzilgan oshqovoq kuyishdan keyingi jarohatlar tez bitishida qo’l keladi. Og’riqni qoldiradi.

14. Oshqovoq sharbati tabiiy antioksidant sanaladi.

15. Argentina, Urugvay va Paragvayda mahalliy mate choyi sevib ichiladi. Uni oshqovoqdan tayyorlangan idishlarda dasturxonga tortishadi. Afrikaning ayrim davlatlarida esa oshqovoqdan mototsikl shlemi sifatida keng foydalanishadi.

16. Xitoyliklar oshqovoqdan yasalgan tumor yovuz ruhlar ta’qibidan asraydi deb hisoblaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…