BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

 

* * *

 

Yigit tanishiga dedi:

— Kecha itimni qorni ochsa uch marta hurishga o’rgatdim. Kun bo’yi shu ish bilan band bo’ldim.

Ular bir haftadan so’ng uchrashib qolishdi va tanishi so’radi:

— Xo’sh, o’rgatoldingmi?

— Ishonasanmi, endi o’zim uch marta hurib bermagunimcha, itim hech narsa yemayapti.

 

* * *

 

Kotiba direktor kabinetiga bir yigitni boshlab kirdi:

— O’rtoq boshliq, men oldingizga qallig’imni olib keldim. Sizning qari, kal va xunuk ekaningizga ishonch hosil qilsin dedim!

 

* * *

 

Ikki erkak suhbatlashyapti:

— O’g’lingiz maktabni tugatgach, nima bilan shug’ullanmoqchi?

— Agar buyog’iga ham xuddi hozirgidek o’qisa, maktabni tugatishi bilan nafaqaga chiqadi.

 

* * *

 

Ona o’g’liga dedi:

— Uyat emasmi? Yana sinf rahbaring ustingdan shikoyat qildi! Dadangdan o’rnak olsang bo’lmaydimi? Yaxshi xizmat qilgani uchun qamoqxonadan muddatidan oldin chiqarib yuborishibdi.

 

* * *

 

Guldasta ko’tarib ketayotgan yigitni tanishi ko’rib qolib so’radi:

— Qaerga ketyapsan?

— Boshlig’imiznikiga.

— Tinchlikmi?

— Qizining qo’lini so’ramoqchiman.

— Qaysi birining? Axir, boshlig’ingning ikki qizi bor!

— Agar boshlig’imning kayfiyati yaxshi bo’lsa, kichigini, mabodo yomon bo’lsa, kattasining qo’lini so’rayman.

 

* * *

 

— Yaxshi qiz, tijorat bilan shug’ullanishni istaysizmi?

— Ha, faqat oyim bilmasin!

 

* * *

 

Samolyotga chiqmoqchi bo’layotgan ayolni militsioner to’xtatib dedi:

— Xonim, samolyotga it bilan chiqish mumkin emas.

— Voy, bu haqiqiy it emas, yumshoq o’yinchoq-ku!

— Baribir mumkin emas. Bizga zotining farqi yo’q!!!

 

* * *

 

Bir yigit ruhoniydan so’radi:

— Millionerlar ham jannatga tushadimi?

— Albatta.

— Odamxo’rlar-chi?

— Hech qachon.

— Millionerni yeb qo’ygan odamxo’r-chi?

 

* * *

 

Odamxo’rlar orasida besh yil yashab qaytgan sayohatchi gapini tugatgach, uy bekasi dedi:

— Voy xudoyim-ey!.. Sizni xafa qiladigan bo’ldik-da, mehmon!

— Nega?

— Bugungi ovqat faqat qo’y go’shtidan edi.

 

* * *

 

Odamxo’rlar o’ljaning ismini so’rashdi.

— Ismimni nima qilasizlar?

— Taomnoma uchun kerak.

 

loading…