XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

URAN SAYYoRASI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Uranda bir kun Yerdagi 18 soatga, bir yil esa Yerdagi 84 yilga teng.

2. Bu sayyoraning 27 ta yo’ldoshi bor.

3. Uran sayyorasining 80 foizi suyuqlikdan iborat. Markazida yadro mavjud. Bu sayyora muzli gigantlar sirasiga kiradi.

4. Uran atmosferasi vodorod, geliy va oz miqdorda metandan tashkil topgan.

5. Uran o’z o’qi atrofida yonboshlagan holda aylanadi.

6. Yerning ustki qismidan Uranni ko’rish qiyin kechadi, ammo asbob-uskunalarsiz ko’rsa bo’ladi.

7. Uranning shimoliy yarim sharidagi magnit maydoni janubiy yarim shardagisidan o’n karra kuchliroq.

8. Uranning ustki qismida doimiy tarzda bo’ronlar quturadi. Ular Shimoliy Amerika bilan baravar ulkan maydonni chirmab olgan holda harakatlanadi.

9. Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida faqat Uran Quyoshdan oladigan issiqlikning juda oz qismini tarqatadi.

10. Quyosh tizimida faqat Uran va Venera o’z o’qi atrofida sharqdan g’arbga qarab aylanadi.

11. Uranning vazni Yernikidan 15 karra ko’proqni tashkil etadi.

12. Bu sayyoraga Quyosh nuri Yer vaqti bilan hisoblaganda, uch soatda yetib boradi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…