* * *
Askarga turmushga chiqishdan bosh tortgan qiz oradan ma’lum muddat o’tib dugonasiga dedi:
— Men o’sha askarga turmushga chiqishga qaror qildim.
— Nega?
— Chunki, o’ylab ko’rsam, askardan yaxshiroq umr yo’ldoshi bo’lmas ekan. Tugmalarini o’zi qadaydi, kiyimlarini o’zi yuvadi, o’zi tushlik tayyorlaydi. Eng asosiysi, so’zsiz bo’ysunishga odatlangan.
* * *
Muallima:
— Bolalar, agar odamning bir ko’zi yaxshi ko’rmasa, ikkinchisi, albatta, a’lo darajada ko’radi. Shunga o’xshash misollardan yana kim keltira oladi.
— Men!
— Qani, Eshmatvoy!
— Masalan, kimningdir bir oyog’i kalta bo’lsa, ikkinchi oyog’i, albatta, uzunroq bo’ladi.
* * *
Muallima advokatning o’g’lidan so’radi:
— Yaxshi odamlar jannatga tushadi. Yomon odamlar-chi?
— Yomon odamlarni dadam himoya qiladi.
* * *
Vrach o’quvchidan so’radi:
— Osmonga chiqib ketish uchun nima qilishimiz kerak?
— O’lishimiz kerak.
— To’g’ri. O’lishdan avval-chi?
— Do’xtir chaqirishimiz kerak.
* * *
Sayyoh restoranga kirdi. Qarasa, qafasga ajoyib qushni solib qo’yishibdi. Ofitsiantni chaqirib dedi:
— Menga mana shu qushni qovurtirib keling!
— Ie, bu qush besh yuz dollar turadi!
— Baribir qovurtirib keling!
Ofitsiant ko’z ochib yumguncha qushni qovurtirib kelgach, sayyoh dedi:
— Endi bir dollarlik kesib bering!
* * *
— Hozir kim bo’lib ishlayapsan?
— Ofitsiant.
— Xo’sh, ishing yaxshimi?
— A’lo! Tuni bilan restorandaman. Ertalabiga yana pul ham to’lashadi.
* * *
Ikki sayyoh mehmonxonaga keldi. Navbatchi ularga juda ifloslanib ketgan xonani ajratdi. Jahli chiqib ketgan bir sayyoh so’radi:
— Xo’sh, bu cho’chqaxonangiz qancha turadi?
— Bir cho’chqa uchun ikki ming, ikki cho’chqa uchun uch ming so’m turadi.
* * *
Xaridor sotuvchiga dedi:
— Menga ertalablari uyg’otadigan yaxshiroq soat kerak.
— Bizda ayni siz qidirgani bor. Mana! Avvaliga qo’ng’iroq chaladi. Agar uyg’onmasangiz, sirenasi jaranglaydi. Keyin xuddi to’pdan otilgan kabi o’q ovozi varanglaydi. Shundayam uyg’onmasangiz, ustingizga sovuq suv quyib yuboradi. Ana shundan keyingina boshlig’ingizga qo’ng’iroq qilib sizni kasal bo’lib qolibdi deb aytadi.
loading…