1. Nutqingizni sekinlashtiring
Aytayotgan gapimizni qanchalik muhim deb hisoblasak, uni shunchalik tezroq yetkazishga harakat qilamiz. Ammo afsuski, biz qancha tez gapirsak, aytayotgan gapimizning ta’siri shunchalik kam bo’ladi. Yaxshisi, sekinroq gapiring. Oddiy vaziyatlarda odatdagidan ko’ra sekinroq, muhim paytlarda esa yanada sekinroq so’zlang. Birinchidan, nutqning sekinligi ishonchliroq chiqadi, ikkinchidan so’zlayotgan odamning o’zi ham xotirjamroq bo’ladi.
2. “E-e-e-e” deyish o’rniga sukut saqlang
Notiq tinmay “parazit so’zlar”ni takrorlayverishi yoki “e-e-e” deyaverishi hech kimga yoqmaydi. Odatda buni ma’lum bir narsani ta’kidlashga urinish deb izohlanadi. “E-e-e” deyish o’rniga shunchaki sukut saqlashga harakat qiling.
3. Urg’u bering
Bir xil ohangdagi nutq tinglovchini uxlatib qo’yadigan vositadir. Shuning uchun nutqingizga xilma-xillik kiriting:
Pastroq/balandroq: ba’zi so’zlarni pastroq ovozda ayting.
Tezroq/sekinroq: nutq tezligi bir xil bo’lmasligi kerak. Ayrim gaplarni tezroq gapiring. Sekin so’zlab turib birdaniga tezroq gapirsangiz, tinglovchining diqqati jamlanadi.
Urg’u bering: nutqingizdagi ayrim so’zlarga urg’u bering. Bu bir xillikdan qutulishga va tinglovchilar e’tiborida bo’lishga yordam beradi.
4. Harakatlaning
Nutq jarayonida harakat qilishga, nutqingizga mos ishoralar qilishga e’tibor bering. Bu nutqingizga yanada joziba va ishonch bag’ishlaydi.
5. Sukutlarni o’z foydangizga ishlating
Odatda uzoq sukut saqlash noqulaylik keltirib chiqaradi. Hattoki “noqulay sukut” degan atama ham bor. Ammo suhbat paytida ataylab sukut saqlash va suhbatdoshning e’tibori jamlanganidan so’ng muhim hisoblangan gapni aytish mumkin.
loading…