XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ILON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Ilon odamzod ko’rganda qo’rquv, jirkanish kabi tuyg’ular paydo bo’lishiga sababchi yagona jonivordir. Ilonlar yo zaharli, yoki shunchaki xavfli bo’ladi.

2. Ilon zahri juda murakkab. Uning tarkibida asab tizimini, yurak, qon tomirlarni ishdan chiqruvchi moddalar mavjud.

3. Barcha ilonlar mahluqlar hisoblanib, ular o’ljasini tiriklay yutadi. Tishidan ayrim holatlarda o’ta yirik o’ljani bo’lish uchun ishlatadi.

4. Ko’pchilik ilonlarning ko’rish qobiliyati deyarli nolga teng. Ammo sezgi organlari a’lo darajada ishlaydi.

5. Setkali ilonlar zotiga mansub mahluqning uzunligi 10 metrgacha yetadi. Vazni esa 150 kilogrammdan oshadi.

6. Och yo’lbarsrang va to’q yo’lbarsrang ilonlar ham eng yirik ilonlar turiga kiradi. Och yo’lbarsrang ilonning uzunligi 6 metrgacha yetishi mumkin. Ammo mushukdan katta jonivor zoti borki, ularga xavf tug’dirmaydi. Bir so’z bilan aytganda, beziyon ilon hisoblanadi.

7. Ilonlarning qovurg’asi ko’p. Aksar holatlarda 250 juftgacha. Ba’zi ilonlarning qovurg’asi 300 juftgacha yetadi.

8. Yashil anakonda ham setkali ilon zotidan qolishmaydi. Uning ham uzunligi deyarli 10 metrni tashkil etib, 100 kilodan ortiq vaznga ega.

9. «Bolajon» laqabli to’q yo’lbarsrang ilon Amerikadagi hayvonot bog’ida yashaydi. Uning vazni 183 kilogrammdan iborat.

10. Ilonning ichki a’zolari odamlardagi kabi emas, bir-biri bilan yonma-yon joylashgan.

11. O’ljani yutayotganda, bo’sh joy ko’proq bo’lishi uchun ilonning yuragi avtomat tarzda nariroqqa surilib oladi.

12. Olimlarning fikricha ilonlar tabiatan kar bo’larkan. Lekin ayrim mutaxassislar buning aksini isbotlashgan. Harqalay, hamma ilon ham kar emas. Ba’zilari odamdan ham yaxshiroq eshitish imkoniga ega ekan.

13. Ilonga kechasi mo’ljaldan adashmaslikda bosh qismi tepasida joylashgan «o’tkazgich» yordam beradi.

14. Ilon tilini chiqarib vishillaganda, ko’pchilik u zahar sochyapti deb o’ylaydi. Unday emas. Ayrim ilonlar tilini chiqarib vishillash asnosida o’zi uchun yangi axborotlar to’playdi. Yana odam xavf solishini ko’ngli sezganda shu yo’l bilan qo’rqitishga harakat qiladi.

15. Dunyodagi eng kuchli zaharga ega ilonlardan biri bu «qora mamba» zotli ilondir. U asosan Afrika qit’asida yashaydi. Aytishlaricha, ilon yashaydigan hududlardagi odamlar uning nomini ovoz chiqarib aytishga ham qo’rqarkan. Qora mamba eshitib qolib hujum qilishidan cho’chisharkan. Lekin qora mamba ilonning rangi aslida qora emas. Bu ilonlar odatda zaytunrang, jigarrang, kulrang bo’ladi.

16. Qora mamba juda tajovuzkor ilon. O’ljaga tashlanganda birdan ikki-uch yerini tishlashga ulguradi. Juda tezkor. Harakatlanganda tezligi soatiga 20 kilometrgacha yetadi. Bir martaning o’zida 15 milligramm miqdorda zahar sochadi. Bu har qanday jonzot uchun albatta o’lim hadya etadi.

17. Ammo zo’rdan zo’r chiqadi. Qora mambadan ham xavfliroq, tajovuzkorroq ilon bu «Taypan»dir. U Avstraliyada istiqomat qiladi. Taypanning zahri organizmga kirgandayoq yurak mushaklarini ishlashdan to’xtatib, tirik jon borki o’limga mahkum etadi.

18. «Tupuruvchan kobra» turi o’ljasini ham tishlab, ham zahar yordamida o’ldira oladi. U uch metr uzoqlikdan turib zahar sochsa, zahri mo’ljalga aniq tegadi. Bu ilon o’ljasining ko’zini mo’ljallab zahar sochadi.

19. Hindistonda yashovchi «Tasmali ilon» turi beziyon. Agar unga tegmasangiz, siz bilan ishi ham, hushi ham bo’lmaydi. Ammo uning zahri o’ndan ziyod odamni birdan ajalga ko’ndalang etadi.

20. «Qirollik kobrasi» ham Afrika, Hindiston taraflarda yashaydi. U hajmi jihatidan ham ko’p qarindoshlarini ortda qoldiradi. Bir tomchi zahri esa 25 kishini o’limga mahkum etadi. U filni tishlasa, shunday ulkan jonzot ham bir lahzadayoq oyoq uzatib yuborishdan bo’lak chora topa olmaydi. Qirollik kobrasi faqat bolalarini himoya qilish maqsadlarida tashlanishi mumkin. Agar bolalariga tegmasangiz, sizga ziyon yetkazmaydi. U juda aqlli jonzot. Xavf tug’ilganda bolalarini o’zi yeb bitiradi.

21. Zaharlilikda Avstraliyada yashovchi «Yo’lbars ilon» ham qirollik kobrasidan qolishmaydi. Mahalliy aholi vakillarining gapiga ko’ra, yo’lbars ilon juda ayyor. Yerga uzala tushib yotib olsa, siz uni tayoq dumalab yotibdi deb o’ylaysiz. Tepasidan o’tayotganingizda kutilmaganda tashlanadi, tamom.

22. Barcha ilonlarning chap o’pkasi o’ng o’pkaga qaraganda kattaroq bo’ladi. Ayrim ilonlarning esa o’ng o’pkasi umuman bo’lmaydi.

23. Ba’zi ilonlar to’yganini bilmaydi. Ularda shu hissiyot yo’q. Shuning natijasida ularning ko’pi bo’kib o’ladi.

24. Dunyodagi eng uzun ilonlardan biri sifatida Amerikaning Ogayo shtatida yashovchi «Yungdor» laqabli ilon ham e’tirof etiladi. U 18 yoshga yetgan. Uzunligi 7, 31 metr, vazni 136 kilogrammga teng.

25. «Filippin kobrasi» professional snayper. U besh metr uzoqlikdan turib zahar sochsa ham o’ljasini aniq mo’ljalga ola biladi. Lekin qirollik kobrasi kabi o’zi uchun xavf tug’ilmasa, birinchi bo’lib hujumga o’tmaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…