BILASIZMI?..

 

 

QOVUN HAQIDA HAQIQATLAR

 

1. Qovunni och qoringa yeyish mumkin emas. Ichketarga yo’liqtirishi mumkin. Uni sutli mahsulotlar iste’molidan keyin ham yeb bo’lmaydi.

2. Qovun tarkibida temir moddasi ko’p. Bu moddaning miqdori sutdagiga nisbatan qovunda 17 hissa ko’proqni tashkil etadi.

3. Qadimda arablar qovunni jannat mevasi sifatida qadrlashgan.

4. Qadimda Fransiya qiroli Genrix IV Burbon qovunni sudga bergan. Bunga sabab shuki, u bo’kib qovun yegan-u, keyin o’zini yomon his eta boshlagan.

5. Hozirgi kunda dunyo bo’yicha qovunning 200 ta navi mavjud.

6. Qovun tarkibida baxt gormoni bo’lmish serotonin bor.

7. Qovun organizmni zaharli moddalardan tozalashda muhim rol o’ynaydi.

8. Yer yuzida eng qimmat sotiladigan qovun navi yaponlarning «Yubari King» qovunidir. Uning bir donasi bir necha ming dollar turadi.

9. Dunyo bo’yicha yiliga 32-33 million tonna qovun yetishtiriladi.

10. Ilonsifat qovun turi hali pishmagan mahali xuddi bodring ko’rinishida bo’ladi.

11. Qovun qoqi qilinganda shirinligi yanada ortadi.

12. Ilgari Yevropa davlatlarida folbin va jodugarlar qovun urug’idan «issiq-sovuq» amalida keng foydalangan.

13. Qovun ham xuddi tarvuz kabi 90 foiz suvdan iborat. Lekin tarvuzga o’xshab siydik haydash xususiyatiga ega emas.

14. Qovun urug’ini Hindiston taraflarda qovurib yeyishadi. Ammo olimlar qovun urug’i yeyishni tavsiya qilishmaydi. Sababi, uning tarkibida o’t qopini xastalikka yo’liqtiruvchi modda mavjud ekan.

15. Yuz gramm qovunda (po’chog’idan tashqari) 30 kilokaloriya bor. Shuning uchun qovun parhez taomi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

16. Rossiya imperiyasi paytida qovun narxi qimmat bo’lgan. Shuning uchun uni faqat boylar sotib olishgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…