XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

O’ZGA SAYYoRALIKLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. O’zga sayyoraliklar bilan ufologiya fani shug’ullanadi. Ammo dunyoning ko’pchilik olimlari bu fanni yolg’onga qorishiq fan sifatida qoralaydi.

2. Yigirmanchi asr o’rtalarida SSSR olimlari o’zga sayyoraliklar masalasida izlanishlar olib borgan. Ammo 1961 yil 8 yanvarda «Pravda» gazetasida «Uchar tovoqlar haqida afsona» maqolasi e’lon qilingach, izlanishlar to’xtatilgan.

3. Tarixiy ma’lumotlarda bitilishicha, 1663 yili Vologda yaqinida noma’lum uchar ob’yekt ko’zga tashlangan. Guvohlarning aytishicha, uchar ob’yekt juda pastlab uchib o’tgan. Lekin shovqini juda kuchli bo’lgan. Noma’lum uchar ob’yekt goh ko’ringan, goh g’oyib bo’lgan. Mahalliy aholi vakillari uni bir yarim soat davomida kuzatishgan. Ayrimlar ko’lga tushib qayiq yordamida uchar ob’yektga yaqinlashishga urinib ko’rishgan. Biroq yaqin borganlari sayin tanasida kuchli harorat tuyib, mazalari qochib, tezroq sohilga chiqib olish payida bo’lishgan.

4. Ilk bor «uchar tovoq» atamasi 1947 yili paydo bo’lgan. O’shanda amerikalik tadbirkor va uchuvchi Kennet Arnold Vashington yaqinidagi tog’lar ustidan bir nechta tovoqsimon uskunalar uchib o’tganini aytgan.

5. Sobiq sovetlar fantastik yozuvchisi A. P. Kazansev o’z davrida fazodan yerga tashrif buyuradigan o’zga sayyoraliklar masalasi bilan qiziqib ko’rgan. Shu asnoda bir nechta fantastik mavzudagi asarlarni yaratgan.

6. Amerikalik er-xotin Betti va Barnilar sayyoramizdagi o’zga sayyoraliklar tarafidan o’g’irlab ketilgan ilk odamlar hisoblanadi. Er-xotinning hikoya qilishicha, 1961 yil 19 sentyabr kuni Kanadadagi ta’tildan uyga qaytishayotganda, ularning mashinasi tepasida g’alatomuz uchar ob’yekt paydo bo’lgan. Ular boshqa hech narsani eslay olishmagan. Ikki soat davomida er-xotinni o’zga sayyoraliklar o’g’irlab ketib, yana yerga qaytarishgan ekan.

7. O’zga sayyoraliklar bilan hali yer yuzida hech kim aloqaga chiqa olmagan. Amerika, Meksika, Angliya, Kanada va yana bir qator davlatlarda deyarli har kuni uchar tovoqlarni ko’rishadi. Birovlar bu tovoqlar Amerikaning «51-zona» sida ishlab chiqarilishini aytadi. Ayrimlar o’sha zonada o’zga sayyoraliklar borligini, Amerika olimlari, NASA tashkiloti, hukumat rahbarlari ular bilan hamkorlik qilishini ham bayon qilishga ulgurgan. Biroq hozircha o’zga sayyoraliklar haqida mish-mishdan bo’lak narsa odamlar qulog’iga yetmagan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…