KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Muallima o’quvchilardan «ajoyib» so’zi ishtirokida gap tuzishni so’radi.

Oysha:

— Kecha dadam oyimga yangi ko’ylak olib berdi. Oyim bu ko’ylakda ajoyib edi.

Surma:

— Buvijonim ajoyib tortlar pishirishni biladi.

Eshmat:

— Kecha kechki ovqat paytida opam homiladorligini aytib qoldi. Unga javoban dadam «Ajoyib, ajoyib!» deb qichqirdi.

 

* * *

 

Soliqchi bozorda sotuvchilarning hujjatlarini tekshiryapti. Baliqchiga yaqin kelib so’radi:

— Bu baliqlarning hujjati bormi?

— Nima? Baliqda hujjat nima qilsin? Yo o’limi haqidagi guvohnomasini olib kelaymi?

 

* * *

 

Qiz kechqurun shahar aylanishga yolg’iz ketayotgan dugonasiga maslahat berdi:

— Mabodo biror yigit senga tegajog’lik qilib, «Yaxshi qiz, bugun kechqurun bo’shmisiz?» deb so’rasa, sen «Oldin venerolog qabuliga kirib chiqishim kerak, keyin bo’shman» deb javob bergin!

 

* * *

 

— Dugonajon, sening ering ham biror marta kechqurun uyga kelmay qolganmi?

— Ha, bu voqea olti yil burun sodir bo’lgandi… Balki qaytib qolar…

 

* * *

 

— Qizim, oshxonaga o’tib, besh-oltita sopol tovoqchalardan olib kel!

— Nima qilasiz shuncha tovoqni?

— Dadang bilan gaplashib olishimiz kerak.

 

* * *

 

Zamonaviy ertakdan.

— Dadajon, menga safardan qirmizi atirgul olib keli-ing!

— Qizim, juda ezvording-da! Hali bir paytlar senga olib kelgan mo»jizali giyohning jazosini o’tab bo’lganim yo’q-ku!

 

* * *

 

Xotin ishtiyoq bilan kechki ovqat tayyorladi. Bir kosaga qovrilgan tovuq go’shti, boshqa kosaga qo’zichoqning qovrilgan go’shtini ko’katlarga burkab stolga tortdi. Er indamay kelib ovqattlarni tushira boshlagandi, xafaqon ohangda so’radi:

— Dadasi, ovqat mazali bo’libdimi?

— Ha.

— Unda ovqatimni maqtab qo’ymaysizmi?

Er, ikkala kosani yonma-yon qo’ydi-da, ularga qarab dedi:

— Aziz ovqatlar, judayam mazali ekansiz!

 

* * *

 

Er xotinidan so’radi:

— Azizam, nega men bergan sovg’ani ko’ksingga bosib yurmaysan-a?

— Azizim, siz bergan o’sha sovg’ani 9 oy ko’ksimga bosib yurganman. Hozir oyog’i chiqib qoldi, o’zi yura oladi.

 

* * *

 

Psixolog erkakka dedi:

— Xotiningiz bilan janjallashganda, undan balandroq bo’lishga urining.

— Urinib ko’rganman.

— Qanaqasiga?

— Shunaqasiga. Shkafning ustiga chiqvolib janjallashganman.

 

* * *

 

Bolakay otasiga dedi:

— Dada, sizga ikkita savolim bor.

— Ayt.

— Birinchi savolim: Siz menga odatdagidan ko’proq pul berishingiz mumkinmi? Ikkinchisi: Nega mumkin bo’lmasin?

 

KUN KULGISI…KUN KULGISI…KUN KULGISI…