FIL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Fil yer yuzidagi eng yirik hayvon hisoblanadi.
2. Biologiya nuqtai nazaridan qaraganda, mamontlar fillarning yaqin qarindoshlari bo’lgan.
3. Fil xartumli jonivor sifatida ham dunyoda yagonadir.
4. Taylandda fil ilohiy hayvon hisoblanadi. «Fillar kuni» bayrami davlat miqyosida nishonlanadi.
5. Fil ovi dunyoning barcha mamlakatlarida qat’iyan taqiqlanadi. Ammo Afrikadagi ayrim qabilalar ochdan o’lmaslik uchun fil ovlashga majbur.
6. Fil suyagi bilan savdo qilish xalqaro miqyosda taqiqlangan. Bu narsa brakonyerlar fil oviga yanada zeb bermasliklari uchun o’ylab topilgan.
7. Fillar musiqalarni va notalarni bir-biridan ajrata oladi.
8. Fillar asosan to’da-to’da bo’lib yashaydi. Lekin to’da ham urg’ochi va erkaklar to’dasiga bo’linadi.
9. Fillar nafaqat tovush chiqarish, balki oyoqlari bilan yer tepinish orqali ham o’zaro muloqot qiladi. Bunday muloqot 30 kilometr uzoqlikdan bir-birini anglash uchun muhim ahamiyatga ega.
10. Fil ham maymunning ayrim turlari kabi ko’zgu orqali o’zini taniy oladi va bu bilan g’ururlanadi.
11. Fillar juda mustahkam xotira egasi. Masalan, odam uni ranjitgan bo’lsa, fil oradan o’nlab yillar o’tsa-da, ranjitgan odamni tanib o’ch ola biladi.
12. To’dadagi qaysidir qarindoshi o’lim topsa, qolgan fillar aza tutadi. Ba’zi holatlarda fillar o’lgan odamni ham dafn etishga uringani haqida ma’lumotlar bor.
13. Bir kecha-kunduzda yoshi ulug’ fil 100 dan 300 litrgacha suv ichadi. Jumladan, ular bir kunda 300 kilogramm ko’kat yeydi.
14. Qachonlardir Hindistonda fillardan urush harakatlari davomida keng foydalanishgan. Ular janglarda transport vositasi sifatida ish bergan.
15. Agar Hindiston fillari va Afrika fillarini taqqoslasak, Afrika fillarini qo’lga o’rgatib bo’lmasligiga guvoh bo’lamiz.
16. 2006 yili Hindistonda «Usama bin Laden» laqabli tajovuzkor filni otib o’ldirishgan. Chunki u bir necha yil ichida 100 dan ortiq uylarni vayron qilgan. 27 kishining boshiga yetgan. Filni yo’q qilish uchun mahalliy korchalonlar jangovar otryadni chaqirishgan.
17. Yangi tug’ilgan fil bolasining sof vazni 120 kilogrammga teng bo’ladi.
18. Filning yuragi bir daqiqada atigi 30 martagina uradi.
19. Fil miyasi 5 kg, yuragi 20 dan 30 kilogrammgacha vaznga ega.
20. Xuddi odamlar kabi fillar ham o’naqay va chapaqayga bo’linadi.
21. Urg’ochi filning homiladorlik davri 22 oy davom etadi.
22. Filning tishlari hayoti davomida 6-7 marta yangilanadi.
23. Fil quloqlarining kengligi 4 metrgacha yetadi.
24. Filning har bir oyog’ida 5 tadan barmog’i bor.
25. Terisining qalinligi 3-4 santimetrga teng.
26. Afrika fillari xuddi otlar kabi tik turgan holda uxlaydi.
27. Yoshi ulug’ filning xartumi 130-140 kilogramm atrofida vaznga ega.
28. Fil suvda a’lo darajada suza oladi. Bir suzganda 70 kilometrgacha to’xtamay yo’l bosishi mumkin.
29. Fillar bir kecha-kunduzda 4 soatgina uxlaydi. Qolgan vaqtini yemish qidirish uchun sarflaydi.
30. Fil dunyoda birgina jonivordan qo’rqadi. U ham bo’lsa asalaridir.
Olimjon HAYIT tayyorladi