“GINNES REKORDLARI-2019” DAN LAVHALAR…

 

BUYuMLARNI ODAM KABI QO’LDA KO’TARIB TURA OLADIGAN MUShUK

“GINNES REKORDLARI-2019” DAN LAVHALAR…

 

«Bibi» laqabli bu mushuk istalgan buyumlarni odam kabi qo’llarida ko’tarib tura oladi. U ayniqsa kubiklarni qo’lda ko’tarishni, ular bilan o’ynashni xush ko’radi. O’tgan yili to’qqizta kubikni qo’lda ko’tarib tura olishini amalda isbotlab rekordchiga aylangan. Hozircha boshqa mushuklar bu rekordni yangilay olishmayapti.

 

HARAKATDAGI MAShINA TOMIDA FUTBOL MATChI

“GINNES REKORDLARI-2019” DAN LAVHALAR…

Angliyalik Esh Rendall yurib ketayotgan mashina tomida yotgan holda oyoqlari yordamida futbol to’pini uzoq vaqt nazoratda ushlash bo’yicha tengsiz ekanini namoyish etgan. U 93 soniya davomida futbol to’pini oyoqlarida tutib tura oldi. Nafaqat tutib tura oldi, yotgan yerida to’p bilan jonglyorlik san’atini ko’rsatib qo’ydi. Agar professional futbolchilar shu ishni qila olishganda, futbol yanada taraqqiy etgan bo’lardi.

 

GITARANI PEShONADA TUTIB TURA OLISh HAM SAN’AT-DA!..

“GINNES REKORDLARI-2019” DAN LAVHALAR…

 

Amerikaning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Josh Xorton ham oddiy gitarani peshonasida tik holda uzoq vaqt tutib tura olish bo’yicha jahon rekordini o’rnatgan. U gitarani jami 7 daqiqa 3, 9 soniya davomida tushirib yubormasdan peshonasida tutib tura oldi. Ofarin!

 

AYoL KIShIDAN HAM AJOYIB DORBOZ ChIQARKAN

“GINNES REKORDLARI-2019” DAN LAVHALAR…

 

Kaliforniyada yashovchi Olga Genri dor ustida oyoq barmoqlarida turgan holda xuddi tekis yerdagi kabi yugurishga ustasi farang. U jahon rekordini o’rnatish uchun qo’yilgan talabni a’lo darajada bajara oldi. Olga yugurgancha himoya vositalarisiz dor ustida 10 metr yo’l bosa oldi. Aytishlaricha, u dor ustida baland poshnali tufli kiyib ham bemalol harakatlana olarkan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

“GINNES REKORDLARI-2019” DAN LAVHALAR…“GINNES REKORDLARI-2019” DAN LAVHALAR…“GINNES REKORDLARI-2019” DAN LAVHALAR…

“GINNES REKORDLARI-2019” DAN LAVHALAR…“GINNES REKORDLARI-2019” DAN LAVHALAR…“GINNES REKORDLARI-2019” DAN LAVHALAR…