Nankin universiteti vakili bo’lgan xitoylik olimlar guruhi Szyansu provinsiyasida muzliklarning erishidan himoyalanish darajasini oshirishga mo’ljallangan maxsus plyonka bilan tajriba o’tkazdi.
Ushbu tajribada Ngava Tibet avtonom hududida joylashgan Dagu muzligi yuzasiga quyosh nurlarining 93 foizini aks ettira oladigan to’rt yuz kvadrat metr plyonkani joylashtirish ishlari amalga oshirildi.
Ta’kidlanishicha, tajriba uch yildan besh yilgacha mo’ljallangan, shundan so’ng xuddi shunday materiallarni boshqa muzliklarda ham bevosita Xitoyda, ham boshqa mamlakatlarda qo’llash imkoniyati bo’yicha qaror qabul qilinadi.
Izohlarni ko`rish