Istanbul Yevropaning eng yaxshi shahri deb topildi

Travel+Leisure sayyohlik jurnali har yillik reytingini e’lon qildi. Mazkur nashr doimiy ravishda o’quvchilar tajribasidan kelib chiqqan holda eng yaxshi shaharlar, mehmonxonalar, kurortlar, orollar, laynerlar va aviakompaniyalar ro’yxatini tuzib boradi.

Bu yil Yevropa shaharlari Top-10 taligida Istanbul yetakchilik qildi. Sayyohlar Osiyo va Yevropa o’rtasidagi mazkur shaharga ovqatlanish, madaniyat, mehmondo’stlik, savdo imkoniyatlari kabi bir nechta mezonlar bo’yicha yuqori baho bergan.

Reytingda Istanbul 100 balldan 90,23 ball to’plagan

Ro’yxatning ikkinchi qatorini Italiyaning Florensiya shahri 89,48 ball bilan band qildi. Uchinchi o’rin Rim (88,91 ball), to’rtinchi o’rin Lissabon (88,62 ball) va beshinchi o’rin Portu (88,09 ball) shaharlariga nasib qildi.