* * *
Gadoy non do’koniga kirib so’radi:
— Non yangi kelganmi?
— Ha.
— Ichiga kishmish solinganmi?
— Ha.
— Qaynoqmi?
— Qaynoq.
— Xudo yo’liga bir donasini sadaqa qiling!
* * *
Supermarketda.
— Tabriklaymiz!.. Siz mana shu videokameramizni o’g’irlashga uringan yuzinchi xaridorsiz!
* * *
Ayol dugonasidan so’radi:
— Eringning ahvoli qalay?
— E, ertalabdan kechgacha vannaxonaga kirib baliq ovlaydi. Nima qilishniyam bilmay qoldim.
— Voy, psixiatr chaqir!
— To’g’ri, chaqirsam bo’ladi. Ammo shunday baliq yegim kelyaptiki…
* * *
Jinni do’konga kirib sotuvchiga dedi:
— Menga bir kilo sut bering!
— Bir bo’lak kesib beraymi, yo hammasini qog’ozga o’rab beraymi?
— Baribir, men velosipedda kelganman.
* * *
Psixiatr jinniga dedi:
— Siz sog’aydingiz. Bilingki, endi siz «pista» emassiz. Bemalol uyga ketaverishingiz mumkin.
Jinni chiqib ketib birozdan so’ng qaytib keldi va vajohat bilan qichqirdi:
— Qarang, tovuq ortimdan quvlayapti!
— Pista emasligingizni bilasiz-ku! Ketavermaysizmi endi!?
— Men-ku, bilaman, lekin tovuq bilmaydi-da!
* * *
— Jabrlanuvchi, balki, sudlanuvchi sizni achchiq ustida bilmay «eshak» deb haqorat qilgandir?
— Yo’q, haqorat qilishdan oldin u menga uzoq vaqt tikilib turdi.
* * *
— Siz ellik ming so’m miqdorida jarimaga tortildingiz. O’ylaymanki, bundan keyin telefon-avtomatlar ichidagi pullarni o’g’irlamaydigan bo’lasiz.
— Tushundim, o’rtoq sudya. Kechirasiz… Ayting-chi, jarimani o’n so’mlik tanga bilan ham to’lasam bo’ladimi?
* * *
Bolakay otasidan so’radi:
— Dada, qishda laylaklar issiq o’lkalarga uchib ketishadimi?
— Ha.
— Unda men yanvar oyida qanday tug’ilganman?
* * *
— O’zi minoraday keladi, ammo og’irligi bir gramm ham chiqmaydi. Bu nima?
— Minoraning soyasi.
* * *
— Agar odam savolga savol bilan javob qaytara boshlasa, u yoki juhud, yoki imtihon topshirayotgan talabadir.
* * *
— Dada, dada, jodugarlar rostdan ham bormi?
— Bor, bor, o’g’lim! — dedi ota qaynonasining suratiga ma’yus tikilib.
* * *
— Ayolning ko’richagi qay tomonida bo’ladi?
— Kiraverishdan chapda.