Toshkent viloyati va Xitoyning Chun Sin shahri o’rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm biznes forumi ochilishida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev nutq so’zladi va xitoylik tadbirkorlarni O’zbekistonda, xususan, Toshkent viloyatida biznes boshlashga taklif etdi.
Hozirda viloyatda Xitoy bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 380 dan ziyodni tashkil etadi. Xitoylik ishbilarmonlar orasida 300 million dollar investitsiya kiritgan “Conch cement” va 100 million dollar investitsiya kiritgan “Dongfeng Trading” kompaniyalari samarali natijalarga erishmoqda. Shuni e’tiborga olib, kelgusida hamkorlikni yana kengaytirish rejalashtirilgan.
Joriy yil oktyabr oyida davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi bo’lgandi. Unda tomonlar o’rtasida yuqori qo’shilgan qiymatli innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni birgalikda tashkil etish orqali yuqori texnologik loyihalarni ko’paytirishga kelishib olingan.
Shuni e’tiborga olib, Toshkent viloyati delegatsiyasi forum doirasida 10 dan ziyod taqdimot va muzokarada qatnashadi. So’ngra B2B formatida tadbirkorlarning o’zaro muloqotlari ham tashkil etiladi. Muzokaralarda har ikki tomon mavjud imkoniyatlarni baholab, loyiha istiqboli bo’yicha takliflar ko’rib chiqildi. Reja bo’yicha forum davomida umumiy qiymati 1 milliard 300 million dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
BO’LIShISh Facebook Twitter Avvalgi«Real» Xolandning orzusini amalga oshirmoqchi Behruz Hayitov O’XShASh MAQOLALARMUALLIFDAN Bu qiziq 5 dekabr Butunjahon turk qahvasi kuni Bu qiziq «Gmail» katta uzilishga duch keldi Bu qiziq Ko’p qor yog’gani sabab Toshkent – Myunxen – Toshkent reysi vaqti o’zgartirildi FIKR BILDIRISh Javobni bekor qilish Please enter your comment! Please enter your name here You have entered an incorrect email address! Please enter your email address here
Tavsiya qilamiz Salomatlik Dori-darmon qabul qilish bo’yicha muhim tavsiyalar Navbahor Inomjonova — 04.12.2023, 09:21 0