Veterinar shifokor, hamda tyulenlar bo’yicha ekspert Kler Simeone telefoni tinimsiz jiringlay boshlaganida Gavayyadagi uyida tushlik qilayotgandi. Ayol trubkani ko’targanida narigi Tarafdan hech kim javob bermadi. Xuddi shu holat 15 marotaba takrorlangach, u vahima bilan ish joyiga yo’l oldi. Sudralib yuruvchilar markazi – “Ke Kai Ola”ga.

Kler jiddiy biror hodisa yuz bergan deb o’ylagandi. Biroq ishxonasida hamkasblari bemalol tushlik qilib o’tirishgan ekan.

Bu orada Klerning mobil telefoni hali ham jiringlayotgan edi. Birgalashib, statsionar telefonni topishganida zararkunanda kim ekanligi ma’lum bo’ldi. Sensor ekranida joylashib olgan gekkonning bir qo’li “vыzov” tugmasida ekan. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, Kler kaltakesakning yagona jabrdiydasi emas ekan. U bechoraga muloqot yetishmagani aniq.

Kler va uning hamkasblarining fikricha, gekkon telefon ekranidan chiqayotgan issiqlik sabab o’sha yerga joylashib olgan.

Ozoda HALIMOVA