Germaniyaning Noys shaharchasi mahalliy o’t o’chirish xizmatida ishlaydigan uch nafar yosh volontyorlar 2017 yilning oktyabridan 2018 yilning yanvarigacha 13 ta yong’in uyushtirishgani ma’lum bo’ldi. Chunki ular nimani bo’lsa ham o’chirishni juda istashgandi.

Bu haqda gumonlanuvchilardan biri o’z advokati orqali ma’lum qilgan. Ayblanuvchi jinoyatiga sabab qilib shaharchada yong’in kam ro’y berishi va ular aksariyat hollarda ishsiz qolib ketayotganliklarini keltirgan. Qolgan iki nafar gumonlanuvchilarning advokati ham jinoyat ayni shu sabab tufayli sodir etilganini ta’kidlagan. Yoshi 20-23 larda bo’lgan bu uch nafar yigit transport vositalari (asosan yuk mashinalari va mototsikllar) hamda uylarga o’t qo’yishgan. Umumiy qilib aytganda ular yetkazgan moddiy zarar deyarli million yevroni tashkil etgan. Sudlanuvchilarni katta mi qdorda jarima hamda ozodlikdan mahrum qilish jazosi kutib turibdi.

Ozoda HALIMOVA