* * *
Soliqchi kvartiralardan birini taqillatgandi, eshikni to’rt yashar bolakay ochdi.
— Dadang qani?
— O’lib qoldi. Traktor bosib ketdi.
— Ie, onang-chi?
— Uyam o’lib qoldi.
— Uniyam traktor bosib ketdimi?
— Ha.
— Sen bir o’zing nima qilyapsan uyda?
— Traktor haydayapman.
* * *
Tulki o’rmonda ketayotib daraxtlar ortida xo’rozning qichqirig’ini eshitib qoldi va o’sha yoqqa sakradi. Oradan bir soat o’tdi. Xuddi o’sha yerdan bo’ri lablarini yalagancha chiqib kelarkan, o’ziga o’zi dedi:
— Eh, chet tilini bilish qanday yaxshi!
* * *
Buvi besh yashar qiz nevarasidan so’radi:
— Bolam, Yangi yilda qanday sovg’a olishni istarding?
— Buvijon, menga homiladorlikka qarshi dori sovg’a qilinglar!
— Voy, uni nima qilasan?
— Axir, o’zingiz o’ylab ko’ring, halitdan qo’g’irchoqlarim to’rtta bo’ldi, beshinchisini qanday boqaman?
* * *
Erkakning voyaga yetganini uch bosqich belgilaydi.
1- bosqich: U Qorbobo borligiga ishonadi;
2-bosqich: U Qorbobo borligiga ishonmaydi;
3- bosqich: Uning o’zi Qorbobo.
* * *
Ikki jentelmen quyon ovlamoqchi bo’lishdi. Biri ikkinchisidan so’radi:
— Siz quyonlardan qo’rqasizmi?
— Yo’g’-e!
— Unda nega qurol qo’ltiqlab oldingiz?
* * *
Er-xotin tish do’xtiriga kelishdi.
— Narkoz bilan olaymi tishni? — so’radi vrach.
— Narkozsiz, — javob qildi er.
— Xayriyat! — kuldi vrach. — Nihoyat jasur erkak ham topildi-ya!
— Xotinjon, o’tir! — muloyimlik bilan dedi er.
* * *
— Ayol erkakka do’st bo’lishi mumkinmi?
— Mumkin. Faqat bu haqda o’zi bilmagani ma’qul.
* * *
Juhud tomini yopayotgandi. To’satdan pastga quladi. Oynasi ro’parasidan uchib yerga tusharkan, xotiniga qichqirdi:
— Xoti-in, ovqatni bir kosaga kamroq tayyorlagi-in!..
* * *
— Bolajonim, nega ovqatingni yemayapsan? O’zing bo’ridek ochman deganding-ku!
— Oyi, bo’rilar sabzi bilan oziqlanganini qaerda ko’rgansiz?
* * *
Juhudlar baliqni yeb bo’lgandan keyin qiltanog’ini tish tozalash uchun ishlatisharkan.