UzAuto Motors kompaniyasi sentyabr oyida Chevrolet Lacetti avtomobilini ishlab chiqarish liniyalarida optimizatsiya ishlarini olib bordi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, optimizatsiya ishlari davomida Lacetti avtomobilining ishlab chiqarilish hajmi kuniga o’rtacha 280 tadan 320 ta avtomobilga yetadi.
«Olib borilgan modernizatsiya ishlari ushbu avtomobil modelining ishlab chiqarilishini oyiga o’rtacha 1000 donaga ko’paytirish imkonini beradi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ishlab chiqarishning ko’payishi yuzaga kelayotgan navbatlarni qisqartiradi va mijozlarga ushbu ommabop avtomobilni qisqa muddatlarda yetkazib berishni ta’minlaydi.
Izohlarni ko`rish