Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston 2021 yilning yanvar-avgust oylarida 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,5 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 19,8 ming tonna choy import qilgan.
Choy importi o’tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 464,5 tonnaga kamaygan.
2021 yilning 8 oyida O’zbekiston choy mahsulotini eng ko’p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 15,6 ming tonna
Keniya – 1,6 ming tonna
Eron – 640,7 tonna
Hindiston – 425,5 tonna
Indoneziya – 417,2 tonna
Vyetnam – 326,1 tonna
Shri-Lanka – 318,5 tonna
Rossiya – 289,2 tonna
BAA – 168,7 tonna
Qozog’iston – 16,2 tonna
Turkiya – 12,6 tonna
Ozarbayjon – 7,9 tonna
Ukraina – 3 tonna
Germaniya – 1,2 tonna
Izohlarni ko`rish