Yosh og'ir atletikachilar jahon chempionatida ishtirok etish uchun Saudiyaga ketishdi

5-12 oktyabr kunlari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida og’ir atletika bo’yicha o’smirlar o’rtasida jahon chempionati bo’lib o’tadi. Musobaqada ishtirok etadigan jamoamiz bugun Saudiyaga jo’nab ketishdi.

Jamoamiz musobaqada 9 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Ushbu musobaqa yoshlarimiz uchun Parij-2024 Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik uchun kuchli zaxira sportchilarini saralash yo’lida muhim ahamiyatga ega. Jamoamiz tarkibi:

O’g’il bolalar:
Ashrafxon Abdujamilov
Husinboy Matrasulov
Qudratbek Salimjonov
Diyorbek Ermatov
Qurbonmurod Namozov

Qizlar:
Ozoda Hojiyeva
Sevinch Komilova
Nigora Suvonova
Madina Jo’rayeva

Murabbiylar: Nurillo Tog’ayev, Jo’ra Zoirov.

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi bo’lajak dunyo birinchiligida yosh og’ir atletikachilarimizga chempion akalariga munosib izdosh bo’lishlarini va ulkan g’alabalar qo’lga kiritishlarini tilaydi.

olympic.uz