Qish fasli hamda Yangi yil bayramining darakchisi hisoblangan “Uyda yolg’iz” komedik filmlari suratga olinganiga 2018 yilda 25 yil to’ladi.
«Uyda yolg’iz» filmining ikkinchi qismi suratga olingan Nyu-Yorkning Plaza Hotel mehmonxonasi mehmonlarga «Kevin kabi yasha» xizmatidan foydalanishni va o’zlarini film qahramonidek his qilishni taklif etmoqda, deb yozadi «Korrespondent.net». Mazkur mehmonxona xizmatlari mashhur filmning 25 yilligi munosabati bilan yo’lga qo’yilgan.
Albatta, aktyor Tim Karri sizlarni konsyerj rolida qarshi olmaydi, Donald Tramp ham hollda sizga yo’l ko’rsatish uchun haddan tashqari band, biroq mehmonxona rahbariyati haqiqiy bayramona kayfiyatni va’da qilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, film suratga olingan mehmonxonaning xo’jayini AQShning hozirgi prezidenti Donald Trampdir. Kartinada Donald Trampni ham ko’rish mumkin.
Xizmat taxminan 895 dollarga tushadi. Bu pullar evaziga fotokabinada suratga tushish, xona ichida ulkan muzqaymoq yeyish, esdalik sovg’alari olish va komediyaning beshta qismidan iborat disklarning eksklyuziv kolleksiyasiga ega bo’lish mumkin.
Bundan tashqari, 1990 yillarga xos bo’lgan, o’sha davrda o’sgan bolalarning sevimli yeguliklaridan iborat maxsus taomnoma tayyorlangan.
manba: asr.uz