Chili prezidenti Gabriel Borich sobiq uy xizmatchisi Luz Vidalni ayollar ishlari bo’yicha vazir o’rinbosari etib tayinladi. Bu haqda lenta.ru xabar berdi.
Ayol uzoq yillar shtatning poytaxt viloyatidagi turli oilalarda ishlagan va uy ishchilari kasaba uyushmasi rahbari lavozimini egallagan.
“Biz kasaba uyushmasining sobiq rahbari, hamkasbimiz Luz Vidalning vazir o’rinbosari etib tayinlanishini olqishlaymiz”, — deyiladi kasaba uyushmasi Twitter’dagi bayonotida.
Izohlarni ko`rish