Milliarder Igor Makarov Rossiya fuqaroligidan voz kechdi, deb yozadi Rossiyaning Forbes nashri. Bu Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiya pasportidan voz kechgan Forbes ro’yxatining amaldagi va sobiq a’zolari orasidan oltinchi shaxs, nashr e’tiborini tortadi.
AQShning Forbes veb-saytidagi milliarderning profilida endi u 2023 yilda Rossiya pasportidan voz kechgani va endi faqat Kipr fuqaroligiga ega ekanligi aytiladi. Makarovning o’zi Forbes nashriga izoh bermadi.
Jurnal Makarovning boyligini 2,2 milliard dollarga baholagan. 2023 yilda u Rossiyaning eng boy odamlari reytingida 57-o’rinni egalladi.
1990-yillarning oxirida Makarovning Itera kompaniyasi turkman gazini qayta sotish bilan shug’ullangan. 2012-yilda Itera Rosneft bilan qo’shma korxona yaratdi, bir yil o’tib esa Rosneft Itera ulushini 2,9 milliard dollarga sotib oldi, shundan 1,8 milliard dollari Makarovga tushdi, deb yozadi Forbes.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Makarovga Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya tomonidan sanksiya qo’yilgan.