Bu shunchaki tasodif emas, balki shaffoflikni ta’minlash uchun atay shunday qilinadi.
Ya’ni kirish imtihonlarida mobil aloqa to’lqinini pasaytirish qonunan belgilangan.
Imtihon adolatli o’tishi uchun:
Binolar videokuzatuv bilan ta’minlanishi, uni ota-onalar va jamaotchilik ham kuzata olishi kerak;
Abiturientlar shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga kiritiladi;
Binolardagi va xizmat postlaridagi video yozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratiladi;
Imtihon o’tadigan bino shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa to’lqinini to’suvchi qurilmalar bilan ta’minlanadi;
Guruh nazoratchilari va abiturientlar test sinovlari o’tkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritiladi.
Imtihon hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash esa IIV va Qabul komissiyasiga topshiriladi.
Eslatib o’tamiz, bu yilgi imtihon 92 ta yopiq binoda bo’lib o’tadi.