Dog'iston muftiysining yordamchisi Putinga Qur'on sovg'a qildi

Putin juda sodda, vazmin va o’ziga ishongan inson, dedi Dog’iston muftiysining yordamchisi prezident bilan uchrashuvdan so’ng RTga.

Kuni kecha derbentliklar davlat rahbarining respublikaga tashrifi chog’ida u bilan uchrashishga muvaffaq bo’ldi. Putin dunyodagi eng qadimiy masjidlardan biriga tashrif buyurdi va u yerda unga Qur’on sovg’a qilindi.

Abdulla Salimovning so’zlariga ko’ra prezident muqaddas kitobni o’ziga iliqlik bilan bosgan va bu barcha insonlar uchun ziyoratgoh ekanini aytgan.

“Menga, albatta, u bilan uchrashish, qo’l berib ko’rishish, ko’rish, yonida bo’lish nasib etdi. Albatta, faqat iliq xotiralar qoladi”, — deya qo’shimcha qildi Salimov.