Boks afsonalari Meyvezer va Pakyao Tokioda uchrashdi

Boks afsonalari Floyd Meyvezer va Menni Pakyao Tokioda tashkil etilgan matbuot anjumanida uchrashishdi.

Floyd Meyvezer Mikura Asakuraga qarshi jangi oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Ushbu matbuot anjumaniga filippinlik bokschi ham tashrif buyurdi.

Eslatib o’tamiz, ikki afsona 2015 yilning 2 may sanasida o’zaro jang qilishgan va o’shanda Floyd g’alabaga erishgan edi.