Ukraina boks federatsiyasi Xalqaro boks assotsiatsiasining (IBA) Rossiya va Belarus bokschilarini jahon chempionatida qatnashishi haqidagi qarori tufayli 2023 yilda erkaklar va ayollar o’rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi.
«Javobimiz aniq. Bizning sportchilarimiz va Ukraina boks federatsiyasi vakillari Rossiya va Belarus bokschilari chiqadigan joyda boks tushmaydi», – dedi Ukraina boks federatsiyasi vitse-prezidenti Oleg Ilchenko.
Umar Kremlyov boshchiligidagi IBA direktorlar kengashi Rossiya va Belarus bokschilariga xalqaro musobaqalarga qo’yilgan taqiqni bekor qilish uchun ovoz berdi. Qaror 5 oktyabrdan kuchga kirgan. Tashkilot siyosiy jihatdan betaraf va mustaqil qolishni istashini aytib, nizolarni tinch yo’l bilan hal qilishga chaqirdi.
ma’lumot uchun, mart oyida Nyu-Delida ayollar o’rtasida, may oyida Toshkent shahrida boks bo’yicha erkaklar o’rtasidagi jahon chempionati o’tkaziladi.
Avvalroq AQSh terma jamoasi musobaqada Rossiya va Belarus vakillari o’z bayroqlari ostida ishtirok etishiga javoban boykot e’lon qilgandi. Undan keyin esa Buyuk Britaniya, Chexiya, Finlyandiya, Kanada, Irlandiya, Shvetsiya va Germaniya kabi mamlakatlar ham ushbu musobaqalarda ishtirok etmoqchi emasligini ma’lum qilmoqda.