Kataloniyaning “Barselona” va “Milan” klublarida o’ynaganligi bilan tanilgan braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldino futbolga qaytadi. Bu haqda Kings League xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, janubiy amerikalik 42 yoshli hujumchi Ispaniya medialigasida ishtirok etadi. Ronaldino «Porcinos» tarkibida «Pio» jamoasiga qarshi o’ynaydi. Uchrashuv 26 fevral kuni Barselonada bo’lib o’tadi.
Ronaldino 2003 yildan 2008 yilgacha «Barselona»da o’ynagan va 2008 yildan 2011 yilgacha «Milan» sharafini himoya qilgan. U «PSJ» safida ham Yevropada o’ynagan (2001-2003).
Braziliya terma jamoasi tarkibida hujumchi 97 ta o’yin o’tkazib, 33 ta gol urgan.
Izohlarni ko`rish