O'zbekiston “spesnaz”i Dubaydagi musobaqada oltin medalni qo'lga kiritdi

O’zbekiston jamoasi maxsus kuchlar musobaqasida sport to’siqlaridan eng tez o’tib, Checheniston IIVning ”Axmat“ jamoasini (2-o’rin) va Qirg’iziston maxsus kuchlari (3-o’rin) jamoasini ortda qoldirib, eng yuqori pog’onaga ko’tarildi. Bu haqda UzA xabar berdi.

UAE SWAT Challenge 2023 — huquqni muhofaza qiluvchi maxsus kuchlar o’rtasidagi norasmiy jahon chempionati. Bu yil unda 28 davlatdan 57 jamoa ishtirok etmoqda. Rossiya Federatsiyasi sharafini 3 ta jamoa himoya qilmoqda, shuningdek, MDH davlatlaridan ham jamoalar ishtirok etmoqda.