Turkiyaning Izmir tumanida joylashgan Shirinje qishlog’i Birlashgan Millatlar Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) tomonidan “2023 yilning eng yaxshi sayyohlik qishloqlari” ro’yxatiga kiritildi. Shirinje o’zining tabiati, tarixi, madaniyati va gastronomiyasi bilan ajralib turadigan, Turkiyaning Egey sohilida joylashgan eng jozibali shaharlaridan biridagi yam-yashil vohadir.
Tabiiy muhitga ega kichik bir qishloq bo’lgan Shirinje, yuz yillik tarixlardan bugungi kungacha yetib kelgan. Dengiz sathidan 350 metr balandlikda joylashgan ushbu aholi punktiga aylanma tog’ yo’li olib boradi. Mandarin, anjir va zaytun daraxtlarining manzarasi, qushlarning sayrashi va odamlar tomonidan oziqlanadigan sevimli it va mushuklar tashrif buyuruvchilarni kutib oladi. Shirinje tog’ yonbag’irlarida qurilgan, har biri maksimal manzara va tabiiy yorug’likni olish uchun mo’ljallangan turar-joylardan iborat. Ularning atrofi mevali daraxtlar, zaytunzorlar va uzumzorlar bilan o’ralgan bo’lib, asrlar davomida jamiyatga hayot va turmush tarzini yuritishda muhim o’rin egallagan.
Shirinje o’zining tabiiy go’zalligidan tashqari, mintaqada yetishtirilgan deyarli har bir mevadan tayyorlangan shirin mevali vinolari bilan ham mashhur. Tobora ortib borayotgan tashrif buyuruvchilar shahardan uzoqda tinch va sokin hordiq chiqarish uchun Shirinjeni afzal ko’rmoqda. Qishloqdagi tosh uylarning aksariyati shinam butik mehmonxonalarga aylantirilgan bo’lib, u yerda mehmonlar kamin yonida dam olishlari mumkin. Shu bilan birga, Egey lazzatlarini taqdim etuvchi restoranlar ham mintaqani mashhur turizm markaziga aylanishiga xissa qo’shdi.
Asrlarni o’z ichiga olgan Egey an’anasi: zaytun va uzum hosili
Egey dengizining unumdor yerlarida joylashgan Shirinje, ko’p yillardan beri o’ziga xosligini saqlab qolgan qishloqdir. Qishloqda hayot o’tmishdagidek bugun ham davom etmoqda: mahalliy aholi hamon dehqonchilik qilib, qo’y boqadi. Qishloq ahli o’z bog’laridagi mevalardan sharob ishlab chiqaradi. Qishloqdagi soy yuzlab yillar davomida bo’lgani kabi hali ham ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, Shirinjening kun sayin ortib borayotgan mashhurligi mahalliy aholi uchun tirikchilik maydonini kengaytirdi: ular endi shahar mehmonlariga o’zlarining savdo rastalaridan turli mahsulotlarni sotishlari mumkin. Qishloq ko’chalarida qo’lda tayyorlangan murabbolar, tabiiy meva sharbatlari, shuningdek, Egey qishloq uslubida tayyorlangan hunarmandchilik buyumlari va suvenirlar ham juda qimmatlidir.
Shirinjening yumshoq iqlimi uning jozibasini oshiradi. Tabiat bahorda jonlanib, qishloqni yam-yashil jannatga aylantirsa, kuz fasli qishloqqa o’zgacha fayz olib keladi. O’rim-yig’im uchun chalinayotgan qo’ng’iroqlar zaytun bog’lari va uzumzorlarda ish qizg’inligidan xabar beradi. Bu zaytun va sifatli Egey zaytun moyi ishlab chiqaradigan Shirinje aholisi uchun bir necha oy davom etadigan qizg’in faoliyat sanaladi. Qishloqning boy tarixi va madaniy merosini saqlab qolish va davom ettirish maqsadida uzum yig’ish ishlari mahalliy ijtimoiy hayot uchun juda muhimdir.
Jahon sivilizatsiyasining markazida
Shirinje qadimgi dunyoning yetti mo»jizasidan biri Artemida ibodatxonasi xarobalari bo’lgan Selchukdan atigi 8 km uzoqlikda joylashgan. Efes atrofida ilk nasroniylik davriga oid noyob inshootlar va artefaktlar, jumladan, Maryam ona uyining muqaddas ziyoratgohlari, Avliyo Ioann bazilikasi va Yetti uxlab yotganlar g’orlari mavjud.
BO’LIShISh Facebook Twitter AvvalgiCheklovlar yumshatildi: endi “gaz zapravka” ish vaqtini mahalliy hokimliklar belgilaydiKeyingiQirg’izistonda o’zini «yangi Xudo» deb e’lon qilgan shaxs ushlandi Navbahor Inomjonova O’XShASh MAQOLALARMUALLIFDAN Bu qiziq Qirg’iziston pullari tanlov g’olibi bo’ldi Bu qiziq Bo’ron paytida ham harakatlana oladigan avtojir ixtiro qilindi Bu qiziq Nihoyat Alisher Usmonovning merosxo’ri kim bo’lishi aniq bo’ldi FIKR BILDIRISh Javobni bekor qilish Please enter your comment! Please enter your name here You have entered an incorrect email address! Please enter your email address here
Tavsiya qilamiz Halokat Toshkentda elektrobus chetidagi ustunga borib urildi. Sababi ma’lum… Navbahor Inomjonova — 14.12.2023, 11:07 0