Noyob tabiati, haqiqiy tajribalari va madaniy xilma-xilligi bilan Turkiyaning (Cittaslow) sekin shaharlari barqaror sayohatchilarga unutilmas dam olish kunlarini taqdim etadi.
Yodda qolarli dam olishni istaydigan sayohatchilar Turkiyaning sekin shaharlarida ajoyib tabiat, sokin hayot va madaniy xilma-xilliklardan bahramand bo’lishlari mumkin.
1999-yilda Italiyada asos solingan Cittaslow harakati bugungi kunda butun dunyoga yoyilib ulgurdi. Bir shaharning bunday nomlanishi uchun roppa-rosa yetmishta shu jumladan atrof-muhit, infratuzilma, shahar hayoti, turizm siyosati, san’at, mehmondo’stlik siyosati kabi turli talablarga javob berilishi kerak bo’ladi.
Faqatgina aholi soni 50 000 dan oz bo’lgan kichik shaharlar to’laqonli a’zo bo’la oladigan “Sekin shahar” Ittifoqiga a’zo bo’lish uchun talab qilingan omillar shaharda barqarorlik va sokin hayot shartlarini ta’minlashni ko’zda tutadi.
“Sekin shahar” ittifoqiga a’zo bo’lgan shaharlar xalqaro standartlarga ko’ra nazorat qilinib, talab qilingan omillarga javob bersagina “Sekin shahar” ittifoqi ramzi bo’lgan “Shilliq qurt” logotipli bayrog’ini qo’lga kiritadi. Turkiyaning birinchi “Sekin shahar” unvonini olgan shahar Izmirning Seferihisar tumani bo’lib, mazkur Shahar 2009 yilda “Sekin shahar” deb tan olingan.
Hozirgi kunda Turkiyadagi 20 dan ziyod shahar “Sekin shahar” ro’yhatiga kiritilgan bo’lib, bu ro’yhatda shunşngdek Mug’laning Akyaka, Ispartaning Eg’irdir, Chanoqqal’aning Go’kcheada, Sinopning Gerze, Boluning Go’ynuk, Shanliurfaning Halfeti, Boluning Mudurnu, Orduning Pershembe, Artvinning Shavshat, Sakaryaning Tarakli, Erzurumning Uzundere, Kirklarelining Vize, Ispartaning Yalvach, Aydinning Yenipazar, Mug’laning Ko’yjeg’iz va Bitlisning Ahlat shaharlari o’rin olgan.
Quyida e’tiboringizga Turkiyaning Cittaslow ro’yxatiga kiritilgan bir necha shaharlarni keltirdik.
Seferihisar
Izmirning janubida joylashgan Seferihisar; Bu tabiat, tarix va dengizning uchrashadigan joyi bo’lib, Seferihisar Turkiyadagi Cittaslow harakatiga qo’shilgan birinchi shahardir.
Seferihisardagi ko’cha chiroqlari quyosh energiyasi bilan ishlaydi. Seferihisar aholisi iste’mol qiladigan don mahsulotlarini aholining yetishtiradi, mahalliy aholi shuningdek mahsulotlar qadoqlashda ishatiladigan polietilen qop va paketlar o’rniga to’rli sumkalardan foydalanishadi. Tumandagi restoranlarda Seferihisarga xos mahalliy taomlar taklif etiladi. Har yakshanba kuni Sig’ajik qal’asida tashkil etilgan bozorda uyda tayyorlangan, yangi va tabiiy mahsulotlarni topish mumkin.
Go’kcheada
Egey mintaqasining shimoli-g’arbiy qismida joylashgan Go’kcheada Turkiyaning eng katta oroli hisoblanadi. U o’zining noyob geografiyasi va saqlanib qolgan tabiiy resurslari bilan mashhur
2008-yilda paydo bo’lgan turizm harakati va 2020 yilda boshlangan organik dehqonchilik faoliyati tufayli Go’kcheada, shaharga tashrif buyuruvchilarga noyob tabiiy muhitni taqdim etadi. Go’kcheada 2011 yil iyun oyida «Cittaslow» deb e’lon qilindi va dunyodagi birinchi va yagona “sekin orol”ga aylandi.
Tashrif buyuruvchi sayyohlar orolning turli xil mahalliy san’at va folklor namunalari, ustachilik va hunarmandchilik va boshqa namunalaridan hayratga tushadilar. Turli an’ana va urf-odatlar, oshxona madaniyati va noyob me’morchilik maskani bo’lgan orol madaniy xilma-xilligi bilan ham sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.
Halfeti
Halfeti, Shanliurfa shahrining eng g’arbiy nuqtasida, Furot daryosining sharqiy qirg’og’ida joylashgan bo’lib, 3000 yillik tarixi bilan Turkiyaning eng g’ayrioddiy shaharlaridan biri hisoblanadi.
Uzoq tarixga ega shaharning o’ziga xos afsonalari ham bor. Bir afsonaga ko’ra, Halfeti qora atirgul o’sadigan dunyodagi yagona joy bo’lib, mahalliy tilda bu atirgullar «Yig’layotgan arab qizi» deb ataladi. Bu atirgullar bahor va kuz mavsumlarida ochiladi.
Bugungi kunda Halfeti ikki qismga ya’ni eski va shaharga bo’lingan. Eski shahar qismi 2000-yilda qurib bitkazilgan Furot daryosidagi Birejik to’g’oni suvlari ostida qolgan. Suv ostida qolgan shahar “Eski Halfeti” deb nomlanadi. Halfeti aholisi, taxminan, 15 kilometr uzoqlikda “Yangi Halfeti” nomli shaharcha tashkil etib, u yerga ko’chib o’tishgan.