Lionel Messi faoliyatini AQShda davom ettiradi

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi 2023 yilgi mavsum yakuniga yetgach, MLSga ko’chib o’tadi. Bu haqda DIRECTV Sports xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko’ra, «PSJ» bilan shartnoma yakunlangach, Messi Devid Bekxemga tegishli bo’lgan «Inter Mayami» klubiga o’tadi. 34 yoshli argentinalik futbolchi faoliyatini AQShda davom ettirishga qarshi emas.

Joriy mavsumda “Oltin to’p”ning yetti karra sohibi Parij klubi safida barcha turnirlar doirasida 33 ta o’yin o’tkazib, 11 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu Messining “Barselona”dan erkin agent sifatida ketganidan keyingi birinchi mavsumi edi.